Godin: "Atletiko" chiroyli o'yin ko'rsatishni emas, g'alaba qozonishni istaydi"
Aslanov Jasurbek
10 noya 2015, 13:57
"Atletiko" himoyachisi Diego Godinning so'zlariga ko'ra, uning klubi uchun asosiysi g'alaba.
"Raqibmiz juda kuchli jamoa edi. "Atletiko" barcha raqiblarini hurmat qiladi, "Sporting"da esa o'yin uchun ajoyib reja bor edi. Biz chiroyli o'yin ko'rsatishni emas, g'alaba qozonishni istaymiz" - deydi Godin.