Gnabri "Bavariya"da yiliga 15-20 mln evro olmoqchi, tomonlar kelisha olishmayapti. Vingerga "CHelsi" va "Tottenxem" qiziqmoqda
23 fev 2022 17:38
Yangiliklar
Gnabri "Bavariya"da yiliga 15-20 mln evro olmoqchi, tomonlar kelisha olishmayapti. Vingerga "CHelsi" va "Tottenxem" qiziqmoqda
Serj Gnabri "Bavariya"da maoshining sezilarli darajada ko'tarilishini xohlamoqda.
Myunxen klubi sport direktori Xasan Salixamijich 2 fevral kuni vingerning vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. Tomonlar kelishuvga erishishdan yiroqlar. Yangi muzokaralar keyinroq tashkil etiladi.
Futbolchi jamoadoshlari Leroy Sane va Kingsli Koman kabi yiliga 15-20 million evro maosh olmoqchi.
Gnabriga "CHelsi" va "Tottenxem" qiziqmoqda, o'yinchining o'ziga London yoqadi. Hujumchi "Bavariya"dan shu yozda ketmoqchi emas, ammo 2023 yilning yozida erkin agent maqomida ketishi mumkin.
Gnabri joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Fikrlar