Globe Soccer Awards-2017: Ronaldu, Zidan, Totti, Puyol, Brix, Lippi eng yaxshi
29 dek 2017 08:34
Yangiliklar
Globe Soccer Awards-2017: Ronaldu, Zidan, Totti, Puyol, Brix, Lippi eng yaxshi
Evropa klublar associaciyasi (ECA) va Evropa futbol agentlari associaciyasi (EFAA) 2017 yilning Globe Soccer Awards sovrinlarini topshirdi.
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu eng yaxshi futbolchi deb topildi, eng yaxshi klub «Real» bo'ldi.
Zinedin Zidan («Real») eng yaxshi murabbiy sifatida tan olindi. Ispaniya primerosi eng yaxshi liga deb topildi.
«Monako» vice-prezidenti Vadim Vasilev futbol klublarning eng yaxshi rahbari deb topildi.
Jorje Mendesh eng yaxshi agent bo'ldi. Franchesko Totti va Karles Puyol esa eng yaxshi faoliyatlari uchun taqdirlanishdi.
Germaniyalik Feliks Brix yilning eng yaxshi hakami bo'ldi.
Marchello Lippi ajoyib murabbiylik faoliyati uchun taqdirlandi.
Eng yaxshi arab terma jamoasi Saudiya Arabistoni bo'ldi. Arab jamoalarining eng yaxshi murabbiyi Misr bosh murabbiyi Ektor Kuper bo'ldi.
Fikrlar