So’nggi yangiliklar

08:57Луис Энрике Лондондаги ғалаба ҳақида фикр билдирди  0 08:26Артета мағлубиятдан сўнг нималар деди?  3 08:05ЕЧЛ. ПСЖ биринчи ўйинда ғалаба қозонди, "Арсенал"нинг голи ҳисобга олинмади  2 07:58Анчелоттининг Бразилия билан келишуви барбод бўлиши мумкин, Нега?  1 07:30Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади  0 01:54ЕЧЛ. ПСЖ Лондонда "Арсенал"ни таслим этди  99 00:30Вадим Абрамов: "Ҳар қандай ҳолатда ҳам биринчи ўринда қоламиз"  1 00:15"Ал Аҳли" "Ал Ҳилол" устидан ишончли ғалаба қозониб, Элит ОЧЛ финалига йўл олди!  27 23:50Февзи Давлетов: "Афсуски, йўл қўйган иккитагина хатомиз туфайли мағлуб бўлдик"  1 23:35Эрик Дайер "Бавария"ни тарк этади. Унинг кейинги жамоаси аниқ  0 22:49Мендининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  2 22:20Кетма-кет иккинчи мавсум Ўзбекистон Кубогининг амалдаги ғолиби гуруҳдан чиқа олмади  25 21:40"Лочин" бош мураббийи Сардор Тўхтаев: "Андижон" — бизни икки карра кўпроқ куч билан ўйнашга ундайдиган жамоа"  10 21:15Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" ўз майдонида "Динамо"га мағлуб бўлди, "Андижон" гуруҳда қолиб кетди  22 20:55Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" ўз майдонида йирик ғалаба қайд этди  2

G'iyos Komilov: “Mashal"ga asosiy tarkibda o'ynash uchun kelgandim” Yangiliklar

G'iyos Komilov: “Mashal"ga asosiy tarkibda o'ynash uchun kelgandim”

Mavsum boshida “Mashal” klubiga kelib qo'shilgan himoyachi G'iyos Komilov qisqa vaqt ichida muborakliklarning asosiy tarkib vakilliga aylandi.
O'tgan mavsumni “Andijon” safida birinchi ligada o'tkazgan Komilovning himoyadagi ishonchli harakatlari tufayli, “gazchilar”ning murabbiylar shtabiga manzur bo'lgandi hamda jamoaning birinchi davradagi eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'ldi. Tajribali himoyachi bilan suhbatlashish istagida klub bazasida bo'ldik va G'iyos Komilov bilan muloqatda kirishdik.

- G'iyos aka, “Mashal” jamoasi mavsum arafasida kelib qo'shilgandingiz. Qisqa vaqt ichida jamoaning asosiy tarkib futbolchisiga aylana olishingizni kutganmidingiz?

  - To'g'risi, bunchalik kirishib ketishimni kutmagandim. Lekin, “Mashal”ga kelishimdan oldinroq, jamoaning zahirasini to'ldirib o'tirmasdan, asosiy tarkibda to'p  surishnga umid bog'lagan holda tashrif buyurgandim. SHu boisdan jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etdim va asosiy tarkibga munosib ekanligimni namoyish qilib keldim. Bosh murabbiyning menga bildirgan ishonchlari bois, asosiy jamoa safida muntazam ravishda maydonga chiqib keldim. Umuman, “gazchilar” safiga tez kirishib ketishimni kutmagandim. Yana shuni aytishim mumkinki, mavsumning dastlabki turlarida himoyachimizning jarohat olganligi tufayli, menga yo'l ochildi. Buning oqibatida o'zimga bo'lgan ishonch ortib bordi va asosiy jamoada muqim joylashishga harakat qildim.

  - Aslida jamoaga Sizni kim taklif qilgandi? “Mashal”ga o'tishingiz qay tariqa amalga oshgandi?

  - Yodingizda bo'lsa, o'tgan mavsumni birinchi ligada o'ynagan “Andijon” safida o'tkazgandim. “Mashal”ga qarshi o'tkazilgan ikkita uchrashuvlarda murabbiylar shtabi mening harakatlarimni diqqat bilan kuzatib borgan ekan, taklif bilan chiqishdi. Mavsum arafasida yana bir marotaba taklif bilan chiqishdi va yig'inlarga kelib qo'shilishim kerakligini aytishdi. Hech qanday ikkilanishlarsiz bu erga keldim va jamoada qolishim aniq bo'lib ulgurdi.

  - Mavsum oldidan Sizga bir qator jamoalardan takliflar tushgandi. Nima uchun aynan “Mashal”ni tanlagandingiz?

  - Darhaqiqat, “gazchilar”dan tashqari, qolgan bir nechta klublardan ham takliflar tushgandi. Ular ham chempionatimizning yaxshi jamoalaridan edi. “Mashal”ni tanlaganimga asosiy sabab, bu klubga menga yoqardi. Yaxshi shakllangan, qolaversa o'z akademiyasiga ega klublardan ekanligi bois, shu erda o'ynashga bo'lgan ishtiyoq meni o'ziga chorladi. SHu boisdan boshqalardan tushgan takliflarni o'ylab ko'rmasdan, “Mashal”ni tanladim.

  - “Mashal” birinchi ligadan ko'tarilganiga qaramay, joriy mavsumni yaxshi o'tkazmoqda. Buning sababi nimada deb hisoblaysiz?


  - Birinchidan jamoada yaxshi murabbiy faoliyat ko'rsatmoqda. Qolaversa, tarkib yoshlar bilan to'lib toshganiga qaramay, bir-birini ancha yillardan beri tushunib harakat qilishlari, bu mavsumda o'z mevasini berdi. Joriy yil jamoamiz maydonda bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishlari, turdan-turga o'yinlarimiz yaxshi bo'lib borayotganligiga zamin yaratmoqda. Xullas, mavsumning birinchi qismi mazmunli o'tishi uchun harakat qildik.

  - Bungacha Siz “Xotira-79” va “Andijon” klublari safida birinchi ligada faoliyat ko'rsatayotgandingiz. Quyi ligada o'ynab o'zingizga nima oldingiz?


  - Birinchi ligada o'ynab futbolchi yuqoriga ko'tarilishi uchun tramplin vazifasini o'tab beradi. Har doim ham bunday bo'lavermaydi. Oxirgi mavsumlarni birinchi ligada o'tkazganim, menga omad keltirdi. Bu erda o'yin amaliyoti ko'proq bo'ladi. SHu tarafdan menga foyda keltirdi. O'zimga bo'lgan ishonch ancha oshdi. Biroq klublarning holati, maydonlarning sifati borasida quyi ligada saviya pastroq ko'rinishga kelgan.

  - Oliy liga murabbiylari har doim ham quyi ligada o'ynayotgan futbolchilarni tarkibga jalb qilishmaydi. SHu boisdan oliy ligada o'ynab ketishingizga ishonganmidingiz?

  - Ishonardim. Birinchi ligada o'ynash orqali futbolchi sifatida o'sishimga foyda keltirishni o'ylardim. Hammasi o'zimga bog'liqligini, jamoam safida yaxshi o'ynasam, murabbiylar nazariga tushishim mumkinligini bilardim. SHu boisdan birinchi ligada har qanday sharoiti og'ir jamoa bo'lishiga qaramay, to'p surishga harakat qildim.

  - Birinchi davrada qaysi hujumchiga qarshi to'p surish og'ir bo'ldi?


  - “Nasaf”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublarida tajribali hujumchilar ko'p. Qolgan jamoalarda ham bunday o'yinchilar uchratish mumkin. Birortasini ajratib ko'rsatishim qiyinroq. O'zimiz klubimizdagi Zohir Qo'ziboev va Mo'ydin Mamazulunovlarni ham misol keltirishim mumkin.

  - “Mashal”da asosiy tarkib futbolchisiga aylandingiz. Himoyadagi sheriklaringiz to'g'risida qanday fikrdasiz?

  - Bir-biridan iqtidorli, mehnat qilishdan qochmaydigan futbolchilar to'planishgan. Himoya qo'rg'onimizdagi har bir yigit, asosiy tarkibda maydonga tushishga haqli hisoblanishadi. Biroq kimni maydonga tushirishni bosh murabbiy hal qiladi. SHeriklarim kuchli, qaysi biri bilan bo'lsa ham, tandem hosil qilib o'ynashdan qatiy nazar, jamoa g'alabalariga hissa qo'shsak bo'ldi.   

  - “Mashal” safida o'tkazgan yarim mavsumingiz siz uchun qanday kechdi?


  - Yaxshi o'tdi. Jamoa ajoyib tarzda shakllantirilgan va futbolchilarning munosabatlari ham bir-biri bilan juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. SHu boisdan jamoada o'tkazgan yarim mavsumim men uchun yomon kechmadi. Birinchi davrada etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ldim, murabbiyning ishonchi sabab bunga erishdim. Endi ikkinchi davrada ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni hohlayman. Buning uchun mashg'ulotlarda astoydil ter to'kishim, bo'shashmasdan harakat qilishim darkor. O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика