So’nggi yangiliklar

00:37Суперкомпьютер талқинига кўра қайси жамоа АПЛ ғолиби бўлади?  0 00:13А Серия. Иккинчи ва тўртинчи ўринлардаги жамоаларнинг ўзаро ўйини учун таркиблар эълон қилинди  0 23:56А Серия. "Интер" "Сарденья"да йирик ғалаба қайд этди  0 23:33Исак фаолиятини Лондонда давом эттириши мумкин  0 22:55"Ал Насср" супер трансфер амалга оширмоқчи  3 22:40Карвахаль: "Реал"га қарши ўйнашни истамайман"  0 22:16Рио Фердинанд: "Месси ҳам Ямалнинг ёшида ўйинга бунчалик таъсир ўтказа олмасди"  5 21:52Капелло Мбаппенинг тарафини олди  0 21:30"Анри майдон четида ғазабдан эс-ҳушини йўқотиб қўяй деди". Таниқли франциялик мутахассиснинг Ильгиз Танташев ҳакамлик қилган ўйинда ҳакамлардан қандай жаҳли чиққани ҳақида  1 21:12А Серия. "Кальяри" - "Интер" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 20:47"Милан" ПСЖга таклиф билан чиқди  0 20:16Россия термаси учун яна бир рақиб топилди  11 19:54Пеп Гвардиола: "Таслим бўлмайман"  3 19:36Флик ва Деку Леау трансферига ишонишмаяпти, аммо Лапорта уни сотиб олмоқчи  1 19:06Суперлигага қайтган "Бухоро" Қулматовни ўз сафига қўшиб олди  6

Gilermo Ochoa: “Meksika uchun AQSH bilan har bir o'yin – alohida voqea” Yangiliklar

Gilermo Ochoa: “Meksika uchun AQSH bilan har bir o'yin – alohida voqea”

2014 yilgi jahon chempionatida ajoyib o'yinlari bilan muxlislar yoqimtoyiga aylangan meksikalik darvozabon Gilermo Ochoani tanishtirishga hojat yo'q.

31 yoshli posbon ayni paytda yaxshi kayfiyatda AQSHga qarshi saralash bellashuviga hozirlik ko'rmoqda. “Granada”da o'ynayotgan Ochoa o'ta muhim to'qnashuvda ashaddiy raqibni engishda jamoasiga yordam berishga intiladi. To'rtinchi bor mundialda ishtirok etishi mumkin bo'lgan darvozabon “FIFA.com”ga bergan intervyusida mintaqadagi klassik to'qnashuv xususida fikrlarini bildirdi.

– AQSH bilan muhim o'yinga jamoa qanday holatda etib kelmoqda?
– Bu raqib bilan bahslar hamisha qiyin kechgan. Qo'shimcha qiyinchilik esa bunday xavfli raqibga qarshi so'nggi raunddagi ilk uchrashuvni safarda o'tkazishda. Bu jamoa turli chiziqlarda yuqori saviyadagi ajoyib ijrochilarga ega. Startni yaxshi boshlashga umid qilishimiz lozim.

– Bellashuv Meksika haligacha biror marta yutmagan Kolumbusda bo'lib o'tadi.
– Ha, bu stadionda amerikaliklar o'zlarini yaxshi his qilishadi. U erda ancha sovuq iqlim va ajoyib muhit bor. Bu sharoit biz uchun qulay emas, u ishimizni qiyinlashtiradi. Biroq futbol shunday. Hamma ustunligidan foydalanishga intiladi. Aytaylik, raqiblarimiz “Acteka”da stadion hajmi va tog'ning yuqori qismi tufayli muammoga duch kelishadi.

– Kolumbiyalik Xuan Karlos Osorio jamoa boshqaruviga kelganidan buyon Meksika faqat bir o'yinda yutqazdi, ammo jamoani hamon tanqid qilishmoqda.
– Meksikada futbolga bog'liq narsa oddiy bo'lmaydi. O'yinlardan oldin yig'in uzoq davom etmaydi va jamoaga xotirjam muhit kerak, ammo bizda buning aksi. Meksika OAV salbiy munosabatda ekani bilan ajralib turadi. Futbolchilar o'zlarini xotirjam his etishadi, ammo Amerika Kubogidagi ro'y bergan holatni unutmadik va bu bizga bosim yuklaydi.


– O'sha turnirda Meksikani musobaqadan CHili 7:0 hisobidagi mag'lubiyat bilan chiqarib yubordi. Jamoa bunday dahshatdan chiqib keta oladimi?
– Bu mag'lubiyat tarixda o'zgacha bo'lib qolishini tushanamiz. Uni xayolimizdan chiqarib tashlab, ruhiy xotirjamlikni qaytarishimiz lozim. CHunki ushbu saralash bosqichida Meksika juda yaxshi ishtirok etmoqda. Ishlarimiz keyin ham shunday davom etishini xohlaymiz.

– Braziliya-2014 saralashida ro'y bergan og'ir vaziyatni esga olsak. O'shanda musobaqadan chetda qolishingiz mumkin edi. Panama o'tish o'yinlarida maydonga tushishdan oxirgi daqiqalarda AQSHdan ikki gol o'tkazgani tufayli mahrum bo'lgan. O'shanda nima yuzaga kelgandi?
– Meksika uchun ananaviy tarzda uydagi uchrashuvlarda maksimal ochkolarni qo'lga kiritish muvaffaqiyatga kalit hisoblanadi. O'shanda bunday bo'lmagandi. Yomon o'ynamadik, to'pni nazorat qildik, biroq to'pni darvozaga yo'llash uchun ozroq omad etishmadi. Biz ochko yo'qotgan uchrashuvlarda raqiblar o'zlariga ishonch hosil qilishdi. Biz imkoniyatdan foydalanmadik, raqib himoyada o'ynab, keyin bizni qarshi hujumda davoladi. Biroq bunday xatoni takrorlamasligimizga ishonamiz.

– Meksika salbiy ananaga chek qo'yib, AQSHni 2015 yil Konfederaciyalar Kubogi yo'llanmasi uchun bellashuvda dog'da qoldirdi. Bu jamoaga ishonch beradimi?
– Futbol hayoti lahzalarning birlashuvidan iborat. Ha, o'sha safar g'alaba qozondik, ammo bu kelajakda ham shunday bo'lishini anglatmaydi. Har bir bellashuv – alohida voqea: turli jamoalar, futbolchilar, holatlar. O'zimizga ortiqcha ishonib yubormasligimiz kerak. Ayniqsa, AQSH bilan uchrashuvda, raqib maydonida. Ushbu raundni qo'limizda toza varoq bilan boshlaymiz.

– Lekin keyin jamoani yana bir sinov kutmoqda. Mehmonda Panamaga qarshi maydonga tushiladi.
– Ha, bizni og'ir ikki o'yin kutib turibdi. Men bunga ijobiy qarayman. Agar safarda yaxshi natijalarga erishsak, biz jahon chempionatiga ancha yaqin bo'lamiz. Bu fikr meni ilhomlantiryapti.

– “Granada” mavsumni unchalik yaxshi boshlamadi. Bu xususida fikringiz qanday?
– O'zimni yuz foizga tayyor deb bilaman. Maydonda jamoa bilan birga mehnat qilyapman. Omadsiz startdan keyin holatni o'nglashimizga ishonaman. Ha, ko'p gol o'tkazdik. Bunday holatda ayb ko'pincha darvozabonlarga yuklanadi. Biroq jamoada yolg'iz o'zim o'ynamayman. Maydonda 11 nafar futbolchi harakat qiladi.


– Yoqimsiz holatdan keyin etiboringizni terma jamoaga qaratib, nimalarga qodirligingizni isbotlash nasib qiladimi?
– Aslida mendan bu talab etilmasligi ham mumkin. Har kuni yuz foiz kuchim darajasida ishlayman, terma jamoa va La Ligada o'tkazilgan yillar esa muvaffaqiyat sari kalit etiborni jamlash va har qanday holatda eng yaxshi o'yiningni ko'rsatib, xotirjamlikni saqlab qolish ekanini ko'rsatdi.

– Bunday tajriba bilan jamoadagi ko'p do'stlaringiz maqtana oladi. Meksika uchun jahon darajasida o'zini ko'proq ko'rsatish davri keldi deb o'ylaysizmi?
– Jamoamiz jiddiy natijalarga ko'z tikkan va katta ishtiyoqqa ega. Oxirgi mundialda ancha yaxshi o'yin ko'rsatdik. Bu tajriba bizga yordam beradi. Hozir jamoada faoliyatining cho'qqisiga chiqqan futbolchilar jamlangan. Bu kelajakka ijobiy qarashga imkon beradi. Imkon qadar uzoqroqqa etib borishga intilamiz.

– Unda buni AQSH bilan o'yindan boshlash kerak.
– SHunday! Bu mintaqadagi eng kuchli raqib bilan uchrashuv bo'ladi. O'yin biz uchun ham, amerikaliklar uchun ham katta ahamiyatga ega. AQSHda yashovchi vatandoshlarimiz uchun ham, albatta. So'nggi raundni bunday masuliyatli o'yin bilan, yana safardagi g'alaba bilan boshlashdan yoqimliroq yana nima bo'lishi mumkin!


Behzod Nazarov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика