So’nggi yangiliklar

19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  0 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  1 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  11 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  0 17:50Осимхен "Ювентус"ни рад этди. АПЛнинг 2 та клуби уни трансфер қилмоқчи  1 17:26"Қўқон-1912" "Қизилқум"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05Модричга "Реал"дан янги таклиф тушмади – Ла Лиганинг навбатдаги турида хайрлашув кутилмоқда  1 16:30Хаби Алонсо "Байер"дан Мадридга асосий ҳимоячисини олиб кетади  14 16:02Салиба жароҳати сабаб Миллатлар Лигаси финал босқичини ўтказиб юборади  6 15:35"Барселона" "Вест Хэм" ва Бундеслигада ишлаган топ-менежер билан музокаралар ўтказмоқда  0 15:08УEФА Евро-2028 мезбонларига гуруҳ босқичидан жой кафолатламайди  2 14:40Роналдиньо ўзини Месси ва Ямаль билан қиёслади  44 14:14Сергей Чигодаев: "CAFA U-17 – ўсмирлар ўртасидаги Осиё Кубогининг мини-версияси. Мақсадимиз – шу ёшдаги энг яхши футболчиларни саралаб олиш"  5 13:41Карвахаль Трент билан рақобат ҳақида гапирди  1 13:13Ямалнинг иш ҳақи оширилади. У "Барса"да энг кўп маош оладиган футболчилар учлигига киради  4

Geynrixning selfisi birinchi o'rinda bo'lishi kerak edi... Yangiliklar

Geynrixning selfisi birinchi o'rinda bo'lishi kerak edi...

Kecha O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Qatar bilan o'ynadi.

Men O'zbekiston terma jamoasi safida urilgan gollarning eng chiroyli nishonlanishi borasida reyting tuzib chiqishga qaror qildim.

2011 yil
O'zbekiston - Qirg'iziston
Aleksandr Geynrix


JCH-2014 saralashi 2-bosqichida O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iziston bilan pley-off bahsida to'qnash kelgandi. Toshkentda o'tgan birinchi o'yinda vakillarimiz katta tashabbusga erishganlar. Biroq ha deganda raqib darvozasini ishg'ol qilishning uddasidan chiqa olishmagandi. Nihoyat 28-daqiqaga kelib Geynrix hisobni ochgan va golini qo'lini bir biriga urib nishonlagandi.


2015 yil
O'zbekiston - Saudiya Arabistoni
Sardor Rashidov


Avstraliyada o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichining so'nggi turida terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushgan. Melburn shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvda O'zbekistonga faqat g'alaba kerak edi. Bahsning 120-soniyasi o'tib borayotganda hisob ochilgandi, Sardor Rashidov arablar posbonining ikki oyog'i o'rtasiga to'pni kiritib yuborgach xursandchiligini shunday nishonlagandi.



2006 yil
Osiyo o'yinlari
O'zbekiston - BAA
Aleksandr Geynrix


Rauf Inileev boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan birga Qatardagi Osiyo o'yinlarida ishtirok etgandi. Terma jamoamiz BAA bilan o'yinda urilgan golni antiqa tarzda nishonlagandi. 



2011 yil
Osiyo kubogi
O'zbekiston - Iordaniya
Ulug'bek Baqoev


O'zbekiston Osiyo kubogi-2011 chorak finali doirasida Iordaniya bilan o'ynagandi. 2-raqamli hujumchimiz Ulug'bek Baqoev ikkinchi taymda ikki marta raqib darvozasini ishg'ol qilib gollarini deyarli bir xil tarzda nishonlagandi. Bu o'yindagi g'alaba bizni ilk bor qita chempionati yarim finaliga olib chiqqandi.



2011
U-17 Jahon chempionati
O'zbekiston - Yangi Zelandiya
Temur Hakimov


Aleksey Evstafeev boshchiligidagi o'smirlarimiz Meksikada o'tgan Jahon chempionatida chorak finalga qadar etib borgandi. Terma jamoamiz azosi Temur Hakimov mundialdagi birinchi golini mana shunday tarzda nishonlagandi. Keyinchalik Hakimov bu golni o'z sevgan qiziga ataganini malum qilgandi.



2016
JCH-2018 saralashi
O'zbekiston - Suriya
Aleksandr Geynrix


Yaqindagina Toshkentda o'tgan Suriya bilan o'yinda Aleksandr Geynrix g'alaba keltirgan golni o'zgacha tarzda nishonladi. Uning selfisi butun dunyoga mashhur bo'lib ketdi va o'zbek futbolida yangilik bo'ldi. Aslida Sashaning bu nishonlashi birinchi o'rinda bo'lishi kerak edi, KERAK EDI!...Ming afsus



2016
JCH-2018 saralashi
Qatar - O'zbekiston
Egor Krimec


Abadiy qalbimizdasiz! Boshqa hech nima yoza olmadim...



Narzulla Saydullaev

Reyting: +112   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика