Geynrix 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
05 avg 2015 11:46
Yangiliklar


Geynrix 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
Ordabasining 30 yoshli o'zbekistonlik hujumchisi Aleksandr Geynrix 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Qozog'iston chempionatining 22-turdan o'rin olgan Irtishga qarshi o'yinda Aleksandr Geynrix 87-daqiqada uchrashuv to'xtab turgan paytda Karlush Fonsekaning oyog'iga zarba bergani uchun qizil kartochka olgan edi.
Qozog'iston FF reglamentiga ko'ra o'yin vaqtida raqibga atayin zarba berish 3ta o'yinga diskvalifikaciya jazosiga tortiladi.
Ushbu jazo tufayli hamyurtimiz 20 sentyabrga qadar maydonga tusha olmaydi. O'sha kuni chempionatning 26-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Geynrix O'zbekiston terma jamoasiga nomzod futbolchi hisoblanadi. Termamiz 3 va 8 sentyabr kunlari JCH-2018 saralashi doirasida Yaman va Filippin termalariga qarshi o'yin o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
12:28
"Andijon" sobiq futbolchisi O'zbekiston, Qozog'iston va Belarus chempionatlarini o'zaro solishtirdi 6

Fikrlar