So’nggi yangiliklar

21:15Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  5 21:05Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 1:2 (матнли трансляция)  19 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  64 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  5 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0

Germaniyadagilar Fayzullaevning "Bavariya"ga o'tishi haqida qanday fikrda? Yangiliklar

Germaniyadagilar Fayzullaevning "Bavariya"ga o'tishi haqida qanday fikrda?

Kecha turli internet tarmog'ida O'zbekiston terma jamoasi va CSKA klubi yarim himoyachisi Abbos Fayzullaevga "Bavariya" qiziqib qolgani haqida xabarlar chiqdi.

Biz bu xabar borasida qanday fikrda ekanini bilish maqsadida Germaniyada ishlayotgan hamkasblarimizga murojaat qildik.

Frank Linkesh - "Bavariya" klubiga ixtisoslashgan nemis jurnalisti (Kicker nashri):
- Bu men uchun kutilmagan yangilik, chunki bu futbolchi haqida hech qachon eshitmaganman. 100% hech narsani istisno qilmayman, "Bavariya" bozorda juda faol. Klub barcha yosh, iqtidorli futbolchilarni biladi va ularni kuzatadi. Nazariy jihatdan transferni inkor etib bo'lmaydi, ammo "Bavariya" hozir bor etiborini tayanch yarim himoyachi topishga qaratgan. Ular bunday futbolchini Ispaniya yoki Franciyadan qidirishmoqda. SHuni ham takidlash kerakki, "Bavariya" ko'pincha Evropada mashhur bo'lgan futbolchilarni sotib oladi.

Miron Goyxman - Germaniyada yashovchi rusiyzabon jurnalist (ko'plab saytlar, jumladan Championat.asia bilan hamkorlik qiladi):

- OAVda "Bavariya"ning Fayzullaevga qiziqishi haqida paydo bo'lgan malumotlar ko'proq ushbu shubhasiz iqtidorli futbolchiga qo'shimcha qiziqish uyg'otish uchun qilingan ishga o'xshaydi. Germaniyadan men tanigan ko'pchilik jurnalistlar bu xabarni tabassum bilan kutib olishdi. Agar "Bavariya" bu futbolchiga haqiqatan ham qiziqqan bo'lsa ham, hozir bu transfer imkonsiz. "Bavariya" hozirgi vaziyatda Rossiyaning hech bir klubi bilan hech qanday kelishuvga erisha olmasligi aniq.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика