So’nggi yangiliklar

10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  6 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун таҳминий таркиби  7 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  5 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  3 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  17 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  6 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  2 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1

Germaniyada ertaga yarim final, Evropadagi 26 kun, Evro bilan yashayotgan nemislar Yangiliklar

Germaniyada ertaga yarim final, Evropadagi 26 kun, Evro bilan yashayotgan nemislar

Teglar :  Evro 2024
Meni bir narsa hayron qoldirdi, Evropa chempionati atrofida, stadion ichidan tortib, shahar ko'chalarida, fan hududlarda juda katta qismi pivo ichadi.

Lekin shu kun davomida hech kimni ko'rmadim, ichib jan-jal ko'targanini. Hattoki terma jamoalari mag'lubiyatga uchrayotgan bo'lsa ham, uchraganidan keyin ham ular bu ishni qilmadilar. Keyin sababini aniqladim, qonun ishlaydi. Qonun ongiga singib ketgan muxlis ichadimi yo'qmi, inson huquqi yoki ko'chadagi boshqa xunuk ishlar bilan qonunni ongli buzmaydi. O'ylab qoldim, biz uyda Evropa futbolini deb soppa-sog' sog' holatda bir-birimiz bilan urishib, kommentlarda kurakda turmaydigan so'zlar bilan haqoratlayotgan bir paytimiz, Germaniya va Ispaniya muxlislari o'yindan keyin o'zaro quchoqlashib, terma jamoalariga omad tilayaptilar. Xuddi shu munosabat "Barselona" bo'ladimi, "Real"mi farqi yo'q. 



Safar bosh homiysi: Alfraganus University
Homiylar: Coca Cola, Trastbank, AKFA, Ucell


Bu erga kelgan muxlis, ortga qaytib o'zini qanchalik nohaq bo'lganini ko'zi bilan ko'radi. CHunki futbol bayram, uni 90 daqiqa ichida his qilgan holda, boshqa payt yana kishi o'z ishini qilishi kerak. Har holda Evropada shunday fikrlashar ekan.


Germaniya hukumati shaharni to'liq "futbollashtirgan". Ko'plab davlatlar bu ishni qilmaydi, nomiga anons va belgilar bo'ladi xolos. Transport vazirligi esa muxlislar uchun ko'plab transport vositalaridan bepulga foydalanish imkoniyatini taqdim qilyapti. Mehmonxona narxlari arzon emas, masalan biz eng arzon bir kechalik appartamentni 150 dollardan kamga olmayapmiz. Mehmonxonalarning ikki yulduzi 200 $ dan tepaga qarab ketdi. Aslida bu summaga topishning imkoni yo'q. 



Oldimizda uchta o'yin qoldi. Myunxen va Dormuntda yarim finallar va Germaniya poytaxtidagi final. Aynan shu maqolani yozayotgan paytim chipta bo'yicha qiziqib qoldim. Omad kulib boqqan ko'rinadi, Germaniya muxlislari ommaviy chiptalarini sotishga tushibdilar. Rejaga ko'ra Myunxenda Germaniya - Franciya o'yini bo'lishi kerak edi, albatta bu muxlislarning taxmini bo'lgan. Ammo Ispaniya maydon egalari ustidan g'alaba qozonib yarim finalga yo'l oldilar. Hozirgina ikki kishi uchun 550 evroga chipta sotib oldim. Evroning yarim finali uchun bu juda arzon narx. Lekin hali qo'limga chipta kelib tushmadi, nizomga ko'ra ertagacha kutishim kerak ekan.



Germaniyada o'zim uchun eng esda qolarli voqea, bu "Germaniya Hayoti" akkaunti egasi Behruzbekning uyida mehmon bo'lganimiz. Samimiy yigit Germaniya bilan vikipediyada o'qimagan malumotlarimiz bilan tanishtirdi. 1200 yil qurilgan qasrga sayohat qildik va uning yuqori cho'qqisiga chiqdik, uyida palov damladik.



 

Ayni paytda CHexiyadamiz, ertaga Germaniya tomon yo'lga chiqamiz. O'yin Myunxenda mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da boshlanadi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика