"Chelsi" Evro-2024 yulduzini nishonga oldi

Alisher
29 mar 2025
"Atletik" vingeri Niko Uilyams faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

22 yoshli futbolchining xizmatlariga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda.

Xabar qilinishicha, Uilyams "Chelsi"ga 58 mln evroga tushishi mumkin. Futbolchining "Atletik" bilan shartnomasida muddatidan oldin kyetish uchun aynan shuncha summa ko'rsatilgan.

Transferga "Chelsi"ning APL joriy mavsumidagi yakuniy natijasi ta’sir qilishi mumkin. Uilyams Chempionlar ligasida o'ynashni istamoqda, londonliklar esa hali u erga yo'llanmani kafolatlamagan.


AlisherMuallif
Manba: talksport.com