So’nggi yangiliklar

21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  3 20:30Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  1 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  6 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  4 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  4 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2 18:29Ўзбекистон терма жамоасининг иккинчи кун машғулотлари — Шомуродов, Турғунбоев ва Ҳусанов Тошкентда  5 17:36Пеп Гвардиола: "Роналдо ва Роналдиньо каби футболчиларни бошқа кўрмадим"  9 16:54Тарихда шу кун. Гейнрихнинг омадли қайтиши, Шомуродовнинг дебют ўйини, ёхуд Ўзбекистон – Яман 1:0  11 16:49"Барселона" ярим ҳимоячиси жароҳат сабаб 3-4 ҳафтага сафдан чиқди  0 16:22"Манчестер Юнайтед" бош директори: "Эрик тен Хаг бизга мос мураббий"  12 15:36АПЛдан Саудия Арабистони томон навбатдаги трансфер ҳал бўлди  0

Germaniya bilan o'yinda xet-trik qilgan, Angliyaga ilk zarbada gol urgan Derdiyok haqida Yangiliklar

Germaniya bilan o'yinda xet-trik qilgan, Angliyaga ilk zarbada gol urgan Derdiyok haqida

O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi SHveycariya terma jamoasi hujumchisi Eren Derdiyokni o'z safiga qo'shib olayotgani haqida xabar bergandik.

Kelib chiqishi turk bo'lgan Eren 1988 yilning 12 iyunida SHveycariyaning Bazel shahrida tug'ilgan. Mahalliy "Old Boys" klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

2004-2006 yillarda "Old Boys" safida 18ta o'yinda maydonga tushib 10ta gol urgan.

2006 yilda SHveycariyaning eng mashhur klubi "Bazel" safiga ko'chib o'tgan. Uch mavsum davomida ushbu klub tarkibida 63ta o'yinda maydonga tushib raqiblari darvozasiga 17ta gol urgan. "Bazel" safida 2008 yilda SHveycariya chempioni bo'lgan va mamlakat kubogini qo'lga kiritgan. O'sha yil SHveycariyada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini Erenga topshirilgan.

2009 yilda Eren Germaniyaning "Bayer" klubiga transfer qilingan. Leverkuzen klubi futbolchi uchun 3,8 million evro to'lgan edi. Uch yil davomida "dorishunoslar" safida 90ta o'yin o'tkazgan hujumchi 25ta gol urdi.



2012 yil yozida "Xoffenxaym" klubi "Bayer"ga 5,5 million evro to'lab hujumchini sotib oldi. Bir mavsumda ushbu jamoa safida 19ta o'yinda 1tagina gol urgan Eren 2013 yil yozida "Bayer"ga ijaraga berilgan. "Bayer"ga qaytishi omadli chiqmagan - 18ta uchrashuv va 1ta gol.

2014 yil yozida "Xoffenxaym" uni Turkiyaning "Qosimposho" klubiga sotishga qaror qildi. O'sha paytda SHota Arveladze boshchilik qilayotgan turk klubi 2,5 million evro evaziga uni xarid qilgan edi. Ikki yil davomida "Qosimposho" safida 40ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol urgan Derdiyokning navbatdagi klubi "Galatasaroy" bo'lgandi. 2016 yil yozida Eren 4 million evro evaziga "Galatasaroy"ga ko'chib o'tgandi. Uch mavsum davomida hujumchi 63ta uchrashuvda 20ta gol urishga erishgan.



2019 yil iyul oyida futbolchi erkin agent sifatida "Geztepa" klubiga ko'chib o'tgandi. Yarim mavsum davomida Derdiyok Turkiya Superligasida 5ta o'yinda maydonga tushib umuman gol ura olmadi. Turkiya Kubogida esa 4ta uchrashuvda ishtirok etib 3ta gol va 1ta golli pas berdi.

transfermarkt malumotiga ko'ra uning "Geztepa" klubi shartnomasi 2021 yil 30 iyun kuniga qadar amal qiladi. Ushbu portal malumotiga ko'ra Eren Derdiyokning ayni paytdagi transfer narxi 350 000 evroga teng.

Derdiyokning SHveycariya terma jamoasidagi debyuti 2008 yil Angliya terma jamoasiga qarshi o'yinda sodir bo'lgan. Zaxiradan maydonga tushgan Eren birinchi teginishi bilan gol urgan edi. U 2008 yil Avstriya va SHveycariyada o'tgan Evropa chempionatida ishtirok etgan eng yosh futbolchiga aylangan edi.

2012 yil Derdiyok Germaniya terma jamoasi bilan o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida raqiblar darvozasiga uchta gol urib xet-trikka erishgan. Bu Eren uchun terma jamoa safidagi yagona xet-triki bo'lib turibdi.




Klubdagi faoliyati yaxshi bo'lmagani sababli Derdiyok Ottmar Xitcfeld tomonidan JCH-2014ning yakuniy ro'yxatiga kiritilmagan. Biroq "Qosimposho"dagi o'yinlari orqali yana terma jamoaga qaytgan va 2016 yildagi Evropa chempionatida ishtirok etgan.

Uning terma jamoadagi so'nggi o'yini 2017 yil JCH-2018 saralashi doirasida Vengriyaga qarshi bahsda bo'lgan.

Eren Derdiyok SHveycariya terma jamoasi safida jami 60ta o'yinda maydonga tushib 11ta gol urishga erishgan.



Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика