So’nggi yangiliklar

23:18Эрон. Остон Ўрунов мавсумдаги биринчи голини Ўткир Юсуповга урган учрашув якунланди  2 23:03Февзи Давлетов: “Мағлубиятга лойиқ эмасдик”  4 22:53Ўйиндан ўқ чиқди, "Арсенал"нинг 3 кунлик футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  2 22:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Навбаҳор", Ибрагимов ва Чераннинг хатоси қимматга тушди  15 22:11Ўзбекистон Кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (пенальтилар серияси 5:4)  5 22:04Ўзбекистон кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган "Навбаҳор" пенальтилар сериясида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  375 21:55Ўзбекистон кубоги. "Андижон" тарихий оқшомда "Сурхон"ни мағлуб этиб финалга чипта қўлга киритди  45 21:34БАА. ОЧЛ амалдаги ғолибига қарши ўйинда Ғаниев жамоасидан супер камбэк!  0 21:10"Челси" ҳужумчиси рекорд суммага сотилади  0 19:48Расман: Англия терма жамоаси дарвозабони "Саутгемптон"га ўтди  4 19:20Клопп дўстини қўллаб-қувватлаш учун Паралимпия Ўйинларига борди  2 18:53Конференциялар Лигасига қура ташланди: "Челси" Қозоғистонга боради, "Бетис" Молдовага сафар қилади  2 18:35Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси U-20 Осиё Кубоги саралаш баҳсларида қатнашиш учун Хитой Тайпейига йўл олади  2 18:06Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 17:55"Пахтакор" ва "Навбаҳор" "Жар"га етиб келди  4

Germaniya - Argentina bahsida jangovar durang qayd etildi. Mehmonlar iroda ko'rsatishdi Yangiliklar

Germaniya - Argentina bahsida jangovar durang qayd etildi. Mehmonlar iroda ko'rsatishdi

Teglar :  Germaniya Argentina
Germaniya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinining voqea va tafsilotlarini mazkur sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

Germany

Serge Gnabry - 15', Kai Havertz - 22'

Friendlies . 1-tur

09/10/2019, 23:45

2
:
2
Tugadi

Argentina

Lucas Alario - 66', Lucas Ocampos - 85'

Stadion: Signal Iduna Park, 45197 tomoshabin

Bosh hakam: Clement Turpin

45'
90'
11'  Joshua Kimmich
15'  Serge Gnabry
22'  Kai Havertz
22'  Serge Gnabry
66'  Julian Brandt (Nadiem Amiri)
71'  Serge Gnabry (Suat Serdar)
83'  Kai Havertz (Sebastian Rudy)
26'  Nicolas Otamendi
30'  Rodrigo De Paul
46'  Marcos Rojo (Marcos Acuna)
46'  Angel Correa (Lucas Ocampos)
62'  Paulo Dybala (Lucas Alario)
66'  Lucas Alario
66'  Marcos Acuna
76'  Roberto Pereyra (Renzo Saravia)
84'  Lucas Ocampos
85'  Lucas Ocampos
85'  Lucas Alario
90'  Rodrigo De Paul (Guido Rodriguez)

Germaniya – Argentina 2:2 (2:0, 0:2)

9 oktyabr, 23:45, «Signal Iduna Park»

Gollar: Gnabri 16' — 1:0, Xavertc 22' — 2:0, Alario 66' — 2:1, Okampos 85' — 2:2.

Germaniya — Mark Andre ter-SHtegen, Robin Kox, Joshua Kimmix, Kay Xaverc (83, Sebastyan Rudi), Yulian Brandt, Lukas Klostermann, Niklas Zyule, Marsel Xalstenberg, Lyuka Valdshmidt, Serj Gnabri (71, Serdar), Emre Jan.

Argentina — Agustin Marchesin, Xuan Foyt, Nikolas Otamendi, Markos Roxo (46, Markos Akunya), Nikolas Talyafiko, Leandro Paredes, Roberto Pereyra (76, Saraviya), Rodrigo de Paul (90+2, Rodriges), Anxel Korreya (46, Lukas Okampos), Paulo Dibala (62, Lukas Alario), Lautaro Martines.

Ogohlantirishlar: Kimmix (11), Otamendi (26), De Paul (30), Akunya (84).



 UCHRASHUV JANGOVAR BILAN YAKUNLANDI

90+2. O'zgarish. De Paul o'rniga Rodriges tushdi.

— Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

85. GOL! Qarshi hujumda Argentina gol urib ketmoqda. Okampos Alarioning pasini juda ideal zarbasi bilan omadli yakunladi. 

85. Standart vaziyatni himoyachilar bartaraf etishdi. 

84. Akunya ogohlantirildi. Germaniyada yana bir standart vaziyat. Darvozagacha 30 metrcha maosfa bor. 

83. O'zgarish. Xavertc o'rniga Rudi tushdi. 

82. Lautarooo, Alariooo.... Ularning birin-ketin darvozaga yo'llagan zarbalariga germaniyalik himoyachilar g'ov bo'lishdi. Hujumni muvaffaqiyatli yakunlaydigan Messi singari futbolchi topilmayapti.

— So'nggi 10 daqiqa boshlandi. Uchrashuv oxirida bizni shiddatli atmosfera kutib turganga o'xshaydi. Kuzatamiz. 

79. Argentina hujum qilishda davom etmoqda. Alario yana katta sahnada. Bu vaziyatda sheriklari uni qo'llab-quvvatlashga kech qolishdi. Jarima maydonchasi markazida darvozaga zarba beradigan o'yinchi topilmadi. 

78. Lukas Alarioooo! Ikkinchi golni ham urishi mumkin bo'lgan vaziyatda unga biroz omad etishmadi.

77. 3-raqamlar to'qnashuvida Talyafiko raqibini qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi.

76. Argentina safida harakat qilgan Perreyra o'rniga Saraviya tushirildi. 

75. Kimmixning jarimadan bergan o'ta kuchli va aniq zarbasini darvozabon mushtlari bilan qaytarib yubordi. 

74. Ikkinchi taymda jamoalar charchab qolishdi va o'yin surati ham tushib ketdi.

71. O'zgarish. Gnabri o'rnini Serdar to'ldirdi. Serj bugungi bahsda 1 tadan gol va assist qayd etdi.

70. Paredesning uzoqdan yo'llagan zarbasini ter SHtegen qo'lga kiritdi.

66. GOL! 2:1. 4 daqiqa avval maydonga tushgan Lukas Alario boshi bilan ter SHtegen qo'riqlayotgan darvozani nishonga oldi va maqsadiga etdi.

64. Lautaro Martinesni germaniyalik himoyachilar munosib qo'riqlashmoqda. Unga to'p tushishi bilanoq ikki himoyachi kutib olayapti. Bu esa Lautaroga bir qancha qiyinchiliklar tug'dirmoqda. 

62. Argentina safida uchinchi o'zgarish amalga oshirildi. Dibala o'z o'rnini Alarioga bo'shatib berdi.

55. Emre Jan juda qulay vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. Martinesning mahorati Argentinani uchinchi gol o'tkazib yuborishdan saqlab qoldi.  

54. Ikkinchi taymda argentinaliklar o'zlaridan qo'shishgani ko'rinib turibdi. Germaniya hujum qilishga qiynalmoqda. Yuqori bosim va zich joylashuv buning asosiy omillari hisoblanadi.

— Markos Roxo o'rniga Markos Akunya, Anxel Korreya o'rniga Lukas Okampos tushirildi va ikkinchi bo'limga start berildi. 

— Birinchi bo'limga bir daqiqa ham qo'shilgani yo'q. TANAFFUS

45. Katta sahnaga Gnabri chiqdi. Bu safargisi omadsiz chiqdi. Uning o'ng o'tkir burchak tarafdan yo'llagan zarbasi ko'nglidagidek chiqmadi.

40. De Paulning raqib jarima maydonchasi tashqarisidan bergan yana bir zarbasiga aniqlik etishmadi.

38. Germaniyada yomg'ir avjiga chiqdi. Futbolchilar to'p bilan muomala qilishda qiynalishmoqda. Darvozabonlarning holatiga havas qilib bo'lmaydi. Bunday paytda uzoqdan beriladigan zarbalarning ahamiyati juda yuqori bo'ladi. 

35. Anxel Korreyaning chap oyoqda havodan kelayotgan to'pni to'xtatmasdan bergan zarbasi aaaancha noaniq chiqdi. 

33. Argentinada xavfli vaziyatttt! De Paulning 30 metrlar masofadan bergan kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Uchrashuvda mehmonlarning ilk bor golga yaqin kelishi mana shunday yuz berdi.

31. ZARBAAAA! Marsel Xalstenbergning pushka o'qini uzganidek zarbasi darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi. Jarima zabasi golga aylanishiga santimetrlar halaqit qilib qoldi.

30. Navbatdagi sariq kartochka Rodrigo De Paulga ko'rsatildi. U Gnabrini qo'li bilan ushlab to'xtatib qoldi.

27. Standart vaziyatdan nemislar ajoyib tarzda foydalanib ketishligi mumkin edi. Bu erda ikkita omil ularni to'xtatib qoldi. Birinchisi ofsayd, ikkinchisi esa Brandtning to'pga biroz eta olmaganligi.

26. Niklas Otamendi Yulian Brandtga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.

22. GOL! Kay Xavertc Serj Gnabrining samarali pasidan so'ng hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Bu vaziyatda mehmonlar maydon markazida kutilmaganda to'pni yo'qotishdi va qarshi hujumda jazolanishdi. 

21. Argentinaning bu safargi hujumi oxiriga etmay qoldi. De Paulning uzatmasini ter SHtegen qiyinchiliksiz egallab oldi.

16. GOL! Serj Gnabri hisobni ochdi. Argentinaliklarning 4 nafar o'yinchisi orasida qolgan Gnabri gol urishga  muvaffaq bo'ldi.

14. Germaniyaning birinchi zarbasiga Brandt mualliflik qildi. Markisin to'pni o'ng oyog'i bilan qaytardi.

11. Ogohlantirish. Germaniya termasi sardori Yosua Kimmix Paredesga qasddan fol ishlatdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

9. O'yinda ilk xavfli vaziyatga o'xshash holatni mehmonlar vujudga keltirishdi. 7-raqamda harakat qilayotgan Perreyraning jarima maydonchasiga tashlab bergan uzatmasini nemis vakillari bartaraf eta olishdi.

5. Dastlabki 5 daqiqada nemislar to'p bilan juda yaxshi muomala qilishdi va maydonda erkin harakat qilishmoqda.

2. Germaniya terma jamoasi oq, Argentina vakillari esa qora libosda harakat qilishmoqda.

1. Uchrashuvga start berildi!




Hayrli oqshom qadrli do'stlar! Germaniya va Argentina o'rtasidashi o'rtoqlik o'yini sanoqli daqiqalardan keyin boshlanadi. Bugun Yoaxim Lyov darvozani "Barselona" posboni Mark-Andre ter SHtegenga ishonib topshirdi. Hujumda ham yangilik bor.



Bir hafta oldin ter SHtegen darvozasini ishg'ol qilgan Lautaro Martines bugun ham shu ishni bajarish uchun asosiy tarkibdan joy oldi. Messi tarkibda yo'q. Dibala, Lautaro, Korreya triosi mazkur uchrashuvda nima "karomat" ko'rsatarkin? Bu sizga ham qiziq bo'lsa kerak-a?


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика