Geri Nevill: "MYU chempion bo'lishi uchun etarli darajada kuchli emas"
21 okt 2014 13:09
Yangiliklar


Geri Nevill: "MYU chempion bo'lishi uchun etarli darajada kuchli emas"
"Manchester Yunayted" sobiq sardori Geri Nevillning fikricha, klub bu mavsumda Angliya chempioni bo'la olmaydi.
Ayni damda Lui van Gal shogirdlari turnir jadvalida 12 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi.
"MYU chempion bo'lishi uchun etarli darajada kuchli emas. Van Gal jamoani qayta qurish uchun 3 oy so'ragan edi, ammo u o'z kuchiga haddan tashqari ishonib yubordi. Bu ish murabbiy o'ylaganidan ko'ra qiyinroq. U jahon chempionatidagi muvaffaqiyatidan mast bo'lib bu gaplarni gapirgan. O'ylashimcha, MYUning natijalari uni o'ziga keltirib qo'ydi" - deydi Nevill.

Fikrlar