So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Насаф" – "Андижон" 0:1 (матнли трансляция)  7 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  1 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  1 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  3 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  2 18:17Суперлига. "Қўқон-1912" - "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  7 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  5 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  3 17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  0 17:15Футбол ҳақиқатан ҳам биринчи ўриндами?  2 17:12Копа соврининга даъвогарлар рўйхати эълон қилинди  5 16:45"Андижон"нинг словениялик легионери қаерда?  3 16:18Беҳрузбек Облақулов: "Вадим Карленович шошилмай ўйнашни айтганди. Якунда ўйинни қутқара олдик"  3 15:56"Навбаҳор" Наманганда "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  2

Genrix Mxitaryan: “Evropaning top-klublarining birida o'ynayapman” Yangiliklar

Genrix Mxitaryan: “Evropaning top-klublarining birida o'ynayapman”

Dortmundning “Borussiya” jamoasi yangi murabbiy Tomas Tuxel boshchiligida yangi mavsumni juda muvaffaqiyatli boshladi.


Bunda Genrix Mxitaryanning hissasi katta bo'ldi. U jamoada o'z o'rnini topishga erishdi. “Stern” nashriga bergan intervyusida armanistonlik hujumkor yarim himoyachi Germaniya hayotiga ko'nikishi va qiziqishlari to'g'risida savollarga javob berdi.


- Ikki yildan beri Germaniyada yashayapsiz. Bungacha “SHaxtyor”ning mashg'ulot bazasida istiqomat qilgansiz. Hozir qaerda yashayapsiz?

- Dortmundning janubiy qismida uyni ijaraga olganman. Yolg'iz yashayman. Yaqin joyda oilam uchun kvartira bor. Bir necha oyda bir marta ular yonimga kelishadi. SHaxsiy uyimda yashashim kerak degan qarorga keldim. Faqat futbolga etibor qaratmaslik uchun shunday qildim.

- Bolalikda Franciyada yashab, keyin Armanistonga qaytgansiz. So'ng Ukrainaga ko'chib o'tdingiz. Yangi joyda futbolchi o'zini uydagidek his qilishi uchun qancha vaqt ketadi?

- 1,5-2 yil. Yarim yildan keyin yangi joyda uydagidek his qilish mushkul. Dastlab yangi jamiyatning barcha jihatlarini ilg'ab olish lozim. Barchasini tushunganingda o'zingni qulay his qilishni boshlaysan. Terma jamoaga borganimda Dortmundni sog'inyapman.

- Germaniyada yashashga ko'nikish qanchalik qiyin?

- Boshida qiyin, chunki bu erdagi hayot haqida hech narsa bilmasdim. Dortmund va Germaniya haqida. Keyin odamlar bilan tanishdim, ular do'stlarimga aylanishdi. Ular menga katta yordam berishdi.

- Ular bilan qaerda tanishdingiz?

- Klubda. Yana do'stlarim orasida armanlar ham bor.

- Nemislar haqidagi gaplar haqiqatga to'g'ri keladimi?

- Germaniyada odamlar juda mehnatsevar va tartibli. Ular ishga kechikmaslik uchun vaqtli turishadi. Zarur bo'lganidan ham vaqtliroq. Ko'pchilik vaqtida uxlashga yotadi.

- Bunga ko'nikish sizga qiyin kechdimi?

- Unchalik emas. Franciyada yashaganman, u erda sal boshqacha, lekin farq katta emas. Menga Germaniya va nemislar yoqib qoldi.

- O'tgan mavsumni yaxshi o'tkazmadingiz. Bu safar esa ajoyib boshladingiz. Ko'pchilik Tuxelning sizni ochilishga yordam bergani haqida aytmoqda. U o'sishingizda qanchalik yordam berdi?

- Birinchi uchrashuvdayoq murabbiy menga ishonayotganini his qildim. Insoniylik professionallikdan ko'ra yuqori odam bilan uchrashganda buni his qilasan. U aniq bir narsa gapirmadi. Unga ishonishimga imkon berdi. U tomoshabop, jamoaviy futbol o'ynashimizni takidladi. Bunda mahoratimni ko'rsatishimni aytdi.

- Bu sizga etarli bo'ldimi?

- 90 foiz unga ishondim. 10 foiz esa omadsiz mavsumdan keyin vaziyatni o'nglay olishiga shubhalandim. Lekin Tuxel buni uddaladi. U o'yin taraflama emas, balki ruhiy jihatdan ham menga yordam berdi.

- Qanday?

- Biror narsani bajara olmasam, buning uchun o'zimni eb bitirmasligim kerakligini maslahat berdi. Barchasi tarixda qolishi, etiborni keyingi o'yinlarga qaratish lozimligini takidladi. Uning qo'l ostida chap qanotda o'ynayapman. O'yin uslubi yoqyapti. “SHaxtyor”da shu poziciyada mavsumda 25ta gol urgandim.

- Bu mavsumda siz uchun hammasini o'zgartirgan o'yin bo'ldimi?

- Uyda “Volfsberger”ga qarshi uchrashuv. O'shanda uch zarba bilan uchta gol urdim. O'zim ham bunaqasini kutmagandim.

- O'zingizga nisbatan tanqidiy munosabat bildira olasiz. Bu sizga ishonch topish va qalbingizni xotirjam qilishga yordam berdimi?

- Hozir oldingidek o'zimni bosim ostiga qo'ymayman. Klub uchun omadsiz o'tgan mavsumda 80 metrni bosib o'tib, gol urishni o'ylardim. Hozir xotirjam harakat qilishim mumkin. To'pni darvozadan 16 metr uzoqda qabul qilib, oshirishim mumkin. Nima qilish zarurligini aniq bilaman.

- O'yiningiz top-klublar etiborini tortmoqda. Biror kun “Bavariya”, MYUyoki “Real”ga o'tishni orzu qilasizmi?

- Allaqachon Evropaning top-klublaridan birida o'ynayapman. Hozir etiborimni jamoaga qaratganman. Maqsad bo'lishi darkor, lekin orzularda yo'qolib qolmaslik kerak. CHempionlar ligasi yoki Evropa ligasini yutishni istayman, lekin aniq bir jamoa bilan emas. CHempionlar ligasida zafar quchsam, nomimni tarixga yozdirib qo'yaman. Buni qaysi klub bilan yutishimning farqi yo'q.

- Ko'pchilik sizning xotirjam va bilimdon ekaningizni gapiradi.

- Kitoblarni o'zim uchun o'qiyman, boshqalarda taassurot qoldirish uchun emas. Oila qurishga tayyor holda borishni xohlayman. Tasavvur qiling, o'g'lim yoki qizim oldimga kelib, bir savolni so'raydi. Men esa javob bera olmayman. Bu yoqimsiz bo'ladi. SHu sababli hozir ko'proq o'qib, kerak paytda qiz yoki o'g'limga javob berishga urinaman. To'g'ri javobni topish uchun har safar “Google”dan foydalanishni istamayman. Ko'pchilik hozir turli tarmoqlardan foydalanadi. Undan nimanidir o'rganish mumkin deb o'ylamayman.

- Hozir nimani mutolaa qilyapsiz?

- “Tennisda ichki o'yinlar”.

- Kim maslahat berdi?

- Kitobni Tomas Tuxel sovg'a qildi. U ruhiy tomondan mashg'ulotga asoslangan kitob. Bungacha Paolo Koeloning “Kimyogar” asarini o'qib chiqqandim. Lekin juda ko'p o'qishga vaqtim etmaydi. CHunki o'yinlar oralig'ida hordiq chiqarishim lozim.

- O'qiyotgan holda ham dam olish mumkin.

- Lekin o'qish jarayonida kishi ruhan charchaydi. Menda shunday.

- Barcha futbolchilar ijtimoiy tarmoqlarga etibor bergan jamoaga kirishib ketish qiyin emasmi?

- Yo'q. Bu ahamiyatga ega emas. Har qanday jamoada sen kabi o'ylaydigan sherik topiladi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика