So’nggi yangiliklar

19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  12 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   0 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  2 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  1 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  2 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  3 15:38Роналду – энг яхши!  25 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  13 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8

Gennadiy Kochnev: "Qo'pol xatolar evaziga mag'lub bo'ldik" Yangiliklar

Gennadiy Kochnev: "Qo'pol xatolar evaziga mag'lub bo'ldik"

Pro-liga 3-turidan o'rin olgan "Mashal" - "G'ijduvon" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Gennadiy Kochnev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Umuman aytganda og'ir o'yin bo'ldi. Yakuniy natija o'zimizning qo'pol xatolarimiz evaziga yuzaga keldi. Birinchi bo'limdagi o'yinimiz yaxshi edi, ammo keyinroq vaziyat o'zgarib ketdi. Hisob 1:1 bo'lib turgan vaqtda qo'pol xatoga yo'l qo'ydik va gol o'tkazib yubordik.

"Mashal" ikkinchi bo'limda ko'proq vaziyatlarga ega bo'ldi. O'yindan oldin har ikki jamoada ham ochko yo'q edi. Bugun muborakliklar g'alabaga erishib, 3 ochkoga ega chiqishdi. "Mashal"ni g'alaba bilan tabriklaymiz. 

Mavsum avvalida katta transferlarni amalga oshira olmadik. SHuningdek, asosiy tarkib futbolchimiz qizil kartochka oldi. SHu kabi faktorlar natijalarga tasir ko'rsatayapti. Bizda hozir 0 ochko, musobaqa jadvalida eng oxirgi o'rindamiz. Biroq, xato va kamchiliklar ustida ishlab navbatdagi o'yinlarda g'alabalarga erishishni maqsad qilganmiz.

- Odatda murabbiylar 70-daqiqadan keyin o'zgarishlarni amalga oshirishadi. Siz juda erta zaxiradan futbolchi maydonga tushirdingiz. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Firdavs Asadov o'z darajasida o'ynay olmadi. SHuningdek, bir futbolchimiz ozroq jarohat olib qoldi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Boysariev gol urdi. Biroq bizda bugungi o'yinda qo'pol xatolar ko'payib ketdi. SHuningdek, Muhammad Odilov ham biz kutgan o'yinni namoyish etib bera olmadi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика