Gennadiy Kochnev: "Bugun ochko yo'qotmadik"
21 apr 2016 21:58
Yangiliklar
Gennadiy Kochnev: "Bugun ochko yo'qotmadik"
- Albatta "Oq-tepa"dek raqib bilan safarda durang o'ynash yaxshi, shu bois, natijadan qoniqdim. Ammo 0:2 hisobida oldinda borib, durang o'ynab qo'yganingiz uchun baribir g'alabani xohlaysiz. Bizda ham, mezbonlarda ham darvozalarni ishg'ol qilish uchun etarlicha imkoniyatlar bo'ldi. Biz birinchi bo'limning dastlabki 25 daqiqasini juda yaxshi o'tkazdik. Biroq asosiy tayanch yarim himoyachimiz jarohat olgan, uning yo'qligi bilinib qoldi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchi o'yinni kuchaytirishi lozim edi, lekin u tempga moslasha olmadi. Qolaversa, jarohat tufayli yana bir asosiy o'yinchimiz Asil Begimqulov ham bugun maydonga tushgani yo'q. Tabiiyki, ularning yo'qligi bugun sezildi.
Garchi 0:2 hisobida oldinda borgan bo'lsak-da, bugun biz ikki ochko yo'qotdik, demagan bo'lardim. Har holda raqibimiz "Oq-tepa". O'tgan yili oliy ligaga chiqishiga bir bahya qolgan klub. Tarkibida oliy liga havosidan bahra olgan bir qator tajribali o'yinchilar bor jamoa. Mezbonlarning bugungi boshlang'ich tarkibiga ahamiyat beradigan bo'lsangiz, ikki nafar yosh o'yinchini inobatga olmasa, qolgan barcha futbolchilar tajribali yigitlardir. SHuning uchun bugun ochko yo'qotdik, deb hisoblamagan bo'lardim, - deydi Kochnev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar