Genich: "Kokorinning Angliya top-klublaridan biriga yoki PSJga o'tishi yolg'on"
25 avg 2015 18:45
Yangiliklar


Genich: "Kokorinning Angliya top-klublaridan biriga yoki PSJga o'tishi yolg'on"
Rossiyalik mashhur sharhlovchi Konstantin Genich Moskvaning "Dinamo" hujumchisi Aleksandr Kokorin haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Kokorinning Angliya top-klublariga yoki PSJga o'tishi yolg'on. Bu shunchaki mish-mish. MYU, "Arsenal", "Tottenxem" va PSJ Kokoringa qiziqayotgani yo'q, bunga shubha qilmayman.
Hozir rus futbolchilariga bo'lgan qiziqish nolga teng. Men "Tvitter"da Denis Glushakovga yoki Yuriy Gazinskiyga "Barselona" qiziqish bildirayotganini, ular Xaviga o'rinbosar bo'lishi mumkinligini yozishim mumkin. Necha kishi bunga ishonadi? Kokorin - yaxshi futbolchi, ammo unga MYU, PSJ yoki "Tottenxem" qiziqayotganiga ishonmayman. Keling garov o'ynaymiz: Agar transfer amalga oshsa, men bir hafta "Tvitter"ga hech narsa yozmayman" - deydi Genich.
O’xshash yangiliklar
16:20
O'zbekistonlik sport psixologi "Santyago Bernabeu"da "Master in Sport Psychology" diplomini oldi 9
12:43
Kolarov Kivuning "Inter"dagi shtabiga kiradi. U Serbiya yoshlar terma jamoasini boshqarayotgan edi 1

Fikrlar