Geynrix sobiq jamoasining muxlislariga minnatdorchilik bildirdi
22 mar 2015 10:51
Yangiliklar

Geynrix sobiq jamoasining muxlislariga minnatdorchilik bildirdi
Kecha Qozog'iston chempionati 4-turi doirasida hamyurtimiz Aleksandr Geynrix o'ynayotgan "Ordabasi" jamoasi Sashaning sobiq jamoasi "Aktobe"ga qarshi maydonga tushdi.
Nursiz durang bilan yakunlangan bahsda futbolchimiz 58 daqiqa harakat qildi.
Etiborli tomoni shundaki, o'yinda "Aktobe" muxlislari ham Geynrixni qo'llab-quvvatlab turishdi.
"Aktobe" muxlislariga iliq munosabat uchun tashakkur. Ayniqsa 13-sektordagi yigitlarga alohida rahmat. Gullar uchun ham minnatdorman. Tarifga til ojiz", - deb yozadi futbolchi tvitterdagi sahifasida.

Fikrlar