So’nggi yangiliklar

16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  5 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  3 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5

GAZZETTA DELLO SPORT SHomurodov haqida: "Jenoa" Eldoradoni topdi" Yangiliklar

GAZZETTA DELLO SPORT SHomurodov haqida: "Jenoa" Eldoradoni topdi"

Italiyaliklar Eldorni ko'p maqtashadi, u haqida juda ko'p narsalarni yozishadi.

"Italiya matbuoti SHomurodov va uning o'yinlaridan, mahoratidan aqldan oza yozgan. Ballardini esa shunday fikrlaydi: "Eldor mashg'ulotlarda ham o'zini ayamaydi. U juda yaxshi holatda. Lekin endilikda men u haqida ko'p gapirmaslikni maqul ko'raman".

Gazeta mualliflaridan biri Grimaldi SHomurodov haqida maqola tayyorladi. U birinchi galda futbolchining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmlariga etibor qaratdi. "25 yoshlik o'zbekistonlik futbolchining instagramdagi Muhammad Salah va Joze Mourino bilan tushgan suratiga 133 ming izoh va 30 mingta layk bosilgan. U so'nggi uchrashuvlarda urgan golini o'g'li Mustafoga bag'ishlashini omma yaxshi qabul qildi. Jurnalistning takidlashicha Rossiya va O'zbekistonning oxirgi paytlarda Genuyaga qiziqishi kuchaygan. Moskva shahrida yutub kanalini yurituvchi kichik yoshdagi Istomin SHomurodovning "Jenoa" libosini kiygan holda o'yinni sharhladi.



Eldor klubdagi birinchi kunlaridan boshlab italiyan tilini o'rganishga harakat qilmoqda. Jamoadagi taktik tushunchalarni ilg'ab olishi uchun unga ingilis tili etarli emas. Bunda unga moldovalik Dumbravanu ko'maklashmoqda. Genuyada SHomurodov "dunyodagi eng yaxshi taom" deb ataydigan palovni tayyorlamaydilar. U bundan norozi bo'lishi mumkin, lekin ko'nikib bormoqda. U fevral oyida oilasini bag'riga boradi va shundagina sevimli taomini istemol qilishi mumkin. Grimaldining so'zlariga ko'ra SHomurodov o'z vaqtida "Bunyodkor"da o'ynaganida Rivaldoga to'p uzatib turgan.

Klub SHomurodovning o'yinidan mamnun. Genuyaliklarning so'zlariga ko'ra u juda nozik o'ynaydi, tez-tez harakat yo'nalishini o'zgartiradi, to'pni moxirlik bilan boshqaradi. SHuningdek bundan tashqari ko'p ishlarni amalga oshiradi. Buni "Sassuolo" bilan o'yindan so'ng Ballardini alohida takidlab o'tdi. "Eldor nafaqat ajoyib sifatga balki, betakror mahoratga ega". Malumotlarga qaraganda jamoa ham Eldorga ajoyib munosabatda. Pyaca va Badel unga yangi yilni birgalikda kutib olishni taklif qilgan.

Umuman olganda uning faoliyatida aniq o'sish kuzatildi. Natijada Italiyaning yirik klublari qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. "Bolonya" bilan o'yindan so'ng "Yuventus" sport direktori Paratichi klub va futbolchining vakillari bilan bog'langan. Albatta, darhol transferlar haqida gaplashishmagan. Ammo, "Rostov" sobiq futbolchisiga atrofdagilarning etibori barchani xursand qilmoqda", - deb yozadi Ivan Karpov telegramdagi o'z kanalida.

Reyting: +194   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика