Gazizov O'runov haqida: "Krasnodar"ga qarshi o'yinda maydonga chiqishi mumkin. Agar murabbiy ishonch bildirsa, hammasi yaxshi bo'ladi"
13 okt 2021 18:24
Yangiliklar
Gazizov O'runov haqida: "Krasnodar"ga qarshi o'yinda maydonga chiqishi mumkin. Agar murabbiy ishonch bildirsa, hammasi yaxshi bo'ladi"
"Ufa" bosh direktori SHamil Gazizov ufaliklar yarim himoyachisi Oston O'runovning qachon maydonga qaytishi haqida gapirdi.
"O'runov umumiy guruhda shug'ullanmoqda. Barchasi yaxshi. "Krasnodar"ga qarshi o'yindayoq maydonga chiqishi mumkin. Agar murabbiy ishonch bildirsa, barchasi yaxshi bo'ladi", - deydi Gazizov.
20 yoshli O'runov joriy mavsum ikki bor RPL doirasidagi o'yinda maydonga tushdi.
Eslatib o'tamiz, "Krasnodar" - "Ufa" o'yini 17 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.
Fikrlar