So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  3 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  14 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

G'ayrat Hasanov futbolchilik faoliyatini tugatdi Yangiliklar

G'ayrat Hasanov futbolchilik faoliyatini tugatdi

Teglar :  G'ayrat Hasanov
O'zbekistonning eng tajribali darvozabonlaridan biri sifatida etirof etiladigan G'ayrat Hasanov futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi.
33 yoshli posbon ushbu mavsumning birinchi qismini “Qo'qon-1912” jamoasida o'tkazgandi. Davralar oralig'ida qo'qonliklar bilan xayrlashgan Hasanov futbolchilik faoliyatini tugatishga qaror qildi.

Bosib o'tgan yo'l
Umrni bejizga oqar daryoga qiyoslashmagan. Yillar uchqur otdek olg'a intilaveradi. Ortda faqat shirin va achchiq xotiralar, tajribalar, taassurotlar qoladi. Kechagina G'ayratning o'zi Yaypan shahridagi futbol maktabiga “Millionlar o'yini” sir-asrorlarni o'rganish uchun kelgandi. Bugun esa mamlakatimizning kuzga ko'ringan futbolchilaridan biri.

G'ayrat Hasanov Farg'ona futbolga ixtisoslashgan maktab internati tarbiyalanuvchisi sanaladi.

Qahramonimiz professional faoliyatini 2003 yilda Quvasoyning “Cementchi” klubida boshlagan.  O'sha yili Oliy ligada debyut mavsumni o'tkazgan quvasoyliklar muxlis va mutaxassislarda yaxshi taassurot qoldirishgan.

Hech kimga sir emasmki, farg'onalik yosh futbolchilarning deyarli hammasi “Neftchi”da o'ynashni orzu qilishadi. 2005 yilda G'ayrat Hasanov viloyatning bosh jamoasida o'ynashni boshladi.  Uch yillik faoliyati davomida qahramonimiz “Neftchi” uchun 65 ta o'yinda maydonga tushishga ulgurdi. Bu orada jamoa Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etadi. Hasanovning hatti-harakatlari O'zbekiston terma jamoasi murabbiylarning etiboridan chetda qolmadi. Natijada 2007 yilda G'ayrat Hasanov bosh jamoamizdan taklif oldi. Hasanov 2007 yilgi Osiyo Kubogida zaxira darvozaboni sifatida qayd etildi.
2008 yilgi mavsum yakuniga etgach, “Neftchi” muxlislarining yoqimtoyiga aylangan darvozabon jamoadan ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab G'ayrat Hasanov “Neftchi”dan ketgandi.

2009 yilgi mavsumni qahramonimiz “Xorazm” klubida boshladi. Xorazmdagi ikki yillik faoliyati davomida Hasanov 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 2010 yilgi mavsum tugagach esa “Xorazm”dan ketdi.

2011 yilgi mavsumni esa “Andijon”da o'tkazdi. Andijonda 21 ta o'yinda harakat qildi.

2012 yili u Qarshi tomon yyl oldi. “Nasaf” safida ikki yil to'p surgan Hasanov u erda kam maydonga tushgan bo'lsa-da, yosh futbolchilarga o'z tajribasini o'tgatdi.

2013 yilda “Neftchi”da katta o'zgarishlar sodir bo'ldi. Jamoani 26 yil boshqargan Yuriy Vazgenovich istefoga chiqqach, G'ayrat Hasanov yana jonajon jamoasi “Neftchi”ga qaytdi. Tez orada u yana farg'onalik muxlislarning sevimli futbolchilaridan biriga aylandi. Uning mahorati evaziga “Neftchi” bilan qator o'yinlar qimmatli ochkolarni qo'lga kiritdi. Ammo 2014 yilning birinchi davrasidan keyin Hasanov yana “Neftchi”dan ketishga majbur bo'ldi.
Oradagi malum tanaffusdan keyin 2016 yilgi mavsum boshida qahramonimiz “Qo'qon-1912” jamoasi safiga kelib qo'shildi. Qo'qonliklar safida bir davra o'yngach, jamoadan ketdi. SHundan keyin Hasanov faoliyatini yakunlashni maqul topdi.

- Ortga nazar tashlar ekanman, shuncha yo'lni bosib o'tganim, shu darajaga etganim uchun shukr qilaman, deydi G'ayrat Hasanov. – Hech narsa o'z-o'zidan bo'lib qolmaydi. Avvalo Xudo bergan istedod bo'lishi kerak. Tinimsiz izlanish, intilish lozim. Mashaqqatlardan, o'rganishdan qochmaslik kerak ekan. To'g'ri ayrim hollarda faoliyatimda paysayishlar bo'ldi. Lekin futbolda bunday narsalar tez-tez uchrab turadi. Bir so'z bilan aytganda, faoliyatimdan to'liq qoniqish hosil qildim.
Futboldagi faoliyatim yakuniga etdi. Ammo hayot bu bilan to'xtab qolmaydi. Hali oldinda qiladigan ishlarim ko'p.

Talabalik onlar
G'ayrat Hasanov ayni damda Farg'ona davlat univesitetining iqtisodiyot fakultetida tahsil olmoqda. Yangi o'quv yilida u 4-kurs talabasi bo'ladi. Bundan bir necha yil oldin esa Hasanov shu universitetining jismoniy tarbiya fakultetini tamomlagan. G'ayrat hozir ikkinchi mutaxassislik bo'yicha o'qishni davom ettirmoqda.

- Talabalik onlarim maroqli o'tmoqda. Bir yil maydon tashqarisida yurgan bo'lsam o'zimni to'liq o'qishga bag'ishladim. Bilmagan narsalarimni o'qib o'rganib boryapman. Ko'pincha futbolchilar butsasini mixga ilgach, nima qilishni bilmay qolishadi. Men ham shunday holatga tushib qolmasligim uchun harakat qilyapman, - deydi G'ayrat Hasanov.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика