Gattuzo va "Napoli" shartnomani uzaytirishi kutilmoqda
12 avg 2020 00:55
Yangiliklar
Gattuzo va "Napoli" shartnomani uzaytirishi kutilmoqda
"Napoli" rahbariyati bosh murabbiy Jennaro Gattuzo bilan shartnomani uzaytirish borasida ayrim bandlarni kelisha olmayapti.
"Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, klub egasi Aurelio de Laurentis bosh murabbiyning boshqa jamoaga ketishini istamayapti. U mutaxassis shartnomani bekor qilib, boshqa jamoani tanlaydigan bo'lsa 7 mln evroni to'lab qo'yishini istamoqda. Tomonlarning bo'lajak shartnomasida shunday band bo'lishi mumkin.
Gattuzoning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yozida yakunlanadi. Ushbu mavsumda Gattuzo qo'l ostidagi jamoa chempionatda 7-o'rinni egalladi, Italiya Kubogida sovrin qo'lga kiritilgan bo'lsa, ECHLdagi so'nggi manzil 1/8 finali bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar