Gattuzo Montellani o'rnini egallashi mumkin
01 dek 2019 07:23
Yangiliklar


Gattuzo Montellani o'rnini egallashi mumkin
“Fiorentina” bosh murabbiyi Vinchenco Montella A seriya 14-turida o'z maydonida “Lechche”ga (0:1) uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z lavozimidan chetlatiladi, deya xabar bermoqda italiyalik jurnalist Janluka Di Marcio.
“Fiorentina” so'nggi to'rt uchrashuvda atigi bir ochko to'plab, qolgan uchta o'yinda mag'lub bo'lgandi. Ushbu mag'lubiyatlarning ikkitasini jamoa A seriyaga endigina qaytgan “Verona” va “Lechche”dan qabul qilib oldi.
Malumotlarga ko'ra, Montellaning klubdagi davri o'z nihoyasiga etgan va u istefoga chiqariladi. Klub prezidenti Rokko Komisso jamoaning so'nggi uchrashuvini “Artemio Franki” tribunalarida kuzatgan va “Lechche”dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin u stadion atmosferasidan kelib chiqib, murabbiyni istefoga chiqarish haqida qaror qabul qilib bo'lgan.
“Milan”ning sobiq ustozi Jennaro Gattuzo ayni paytda Montellaning o'rnini egallashga asosiy nomzod bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar