Gattuzo: "Milan" o'sishi uchun vaqt kerak"
01 okt 2018 17:12
Yangiliklar
Gattuzo: "Milan" o'sishi uchun vaqt kerak"
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo A Seriyaning 7-turida "Sassuolo" ustidan qozonilgan g'alaba (1:4) haqida fikr bildirdi.
"So'nggi uchrashuvlarda bizga barqarorlik etishmayapti. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynasak, ikkinchisini yomon o'tkazyapmiz. "Empoli" bilan avvalgi bahsda 4:1 hisobida g'alaba qozonishimiz mumkin edi, biroq durang qayd etildi. Bu safar hammasi yaxshi o'tdi. Natija bizga ishonch bag'ishlaydi deb o'ylayman. Biz to'g'ri yo'ldamiz.
"Milan" futbolkasini kiyib, cho'qqiga qaytmoqchi bo'lgan bunday ulug'vor klubda to'p tepsangiz, bosim bo'lishi aniq. O'yinimizni rivojlantirish uchun ishlashda davom etamiz. "Milan" o'sishi uchun jamoaga vaqt kerak" - deydi Gattuzo.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar