Gattuzo: "Jamoadagi biror kishi menga ECHLga chiqishga majburmiz demadi"
25 may 2019 21:20
Yangiliklar
Gattuzo: "Jamoadagi biror kishi menga ECHLga chiqishga majburmiz demadi"
"Men beshinchi o'rin biz uchun yomon natija emasligini aytgandim. CHunki, boshqa mavsumlarga qaraganda bu yil ko'proq ochko to'plashga erishdik.
Bizda bir qancha muammolar bo'ldi. Ammo, ularni engib o'tishga o'zimizda ekch topa oldik. A Seriyada "Milan"ga nisbatan yaxshi sharoitga ega klublar bor. SHunday bo'lsa-da, biz musobaqa jadvalida ular bilan yonma-yon bormoqdamiz.
Bundayn tashqari, klubdagi biror kishi menga ECHLga yo'l olishga majburmiz degani yo'q. Ular bu natija uchun harakat qilib ko'rishimizni so'rashdi va hozir ham yomon bo'lmagan imkoniyatga egamiz", - deya Gattuzoning so'zlarini keltiradi Football Italia nashri.
"Milan" ayni paytda A Seriyaning 5-pog'onasida joylashagan. Undan oldinda borayotgan "Inter" va "Atlanta" bilan oradagi farq 1 ochkoni tashkid etadi.
So'nggi turda "Milan" SPAL bilan o'ynaydi. "Neradzurrilar" "Empoli"ga qarshi, "Atlanta" esa "Sassuolo" bilan bellashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar