Gattuzo Italiya klubi bilan muzokara olib bormoqda
01 iyu 2019 20:40
Yangiliklar


Gattuzo Italiya klubi bilan muzokara olib bormoqda
"Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Lacio" klubini boshqarishi mumkin.
Rim klubi 41 yoshli mutaxassis bilan aloqaga chiqqan va bo'lishi mumkin bo'lgan kelishuv borasida gaplashib ko'rgan.
Jamoaning hozirgi murabbiyi Simone Indzagi garchi bir yillik shartnomasi bo'lsa-da "Lacio"ni tark etishi mumkin.
O'z navbatida Indzagi "Lacio" rahbariyatidan unga hamkorlikni davom ettirishini o'ylab olish uchun vaqt berishlarini so'ragan. Sababi, unga boshqa klublardan ham taklif borligi aytib o'tilgan.
Ushbu haftada Gattuzo "Milan" postini tark etdi. Ortda qolgan mavsumda "Milan" A Seriyada 5-o'rinni egallab ECHLdan quruq qoldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar