Gattuzo hakamni haqorat qilgani uchun mavsum oxirigacha diskvalifikaciya qilindi
21 apr 2016 20:25
Yangiliklar
Gattuzo hakamni haqorat qilgani uchun mavsum oxirigacha diskvalifikaciya qilindi
Piza bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo o'yin hakamini haqorat qilgani uchun mavsum oxirigacha diskvalifikaciya qilindi.
Gattuzo "Pontedera"ga qarshi o'yinda murabbiylar o'rindig'ini namoyishkorona tarzda tark etdi va o'yinni kiyinish xonasida TVda tomosha qildi. O'yindan so'ng esa hakamni haqorat qildi va uchta o'yinga chetlatildi.
Eslatib o'tamiz, "Piza" ayni paytda Italiya S seriyasida ishtirok etmoqda. CHempionat yakunlanishiga uch tur qolganda Gattuzo shogirdlari turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdilar. Ikkinchi o'rin sohibi B seriyaga yo'llanma berishi mumkin bo'lgan pley-off o'yinlarida ishtirok etishi mumkin.
Fikrlar