Gattuzo A Seriyada qayta ish boshlashi mumkin
22 sen 2019 12:29
Yangiliklar


Gattuzo A Seriyada qayta ish boshlashi mumkin
"II Messaggero" xabariga ko'ra, "Milan"ning sobiq ustozi Jennaro Gattuzo "Lacio" bosh murabbiyligi uchun asosiy davogar bo'lib turibdi.
"Rimlik burgutlar" rahbariyati Simone Inzagining ushbu mavsum startidagi natijalaridan mamnun emas. Hech qaerda ishlamayotgan Gattuzo bilan shartnoma imzolash uchun qiyinchilik tug'dirmaydi.
Qayd etish kerak, Gattuzo yozdayoq "Lacio" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin edi. Ammo rahbariyat Simone Inzagiga imkoniyat taqdim qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar