So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  8 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  15 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Garri Keyn: Hech kimdan qo'rqmaymiz Yangiliklar

Garri Keyn: Hech kimdan qo'rqmaymiz

Tottenxem hujumchisi Garri Keyn Angliya termasining Evro-2016dagi muvaffaqiyatsizligi, jamoadoshlari bilan munosabatlari hamda shporlarning yangi mavsum o'z oldilariga qo'ygan maqsadlari haqida so'z yuritdi.

- O'tgan mavsum Tottenxem uchun oldinga qadam tashlash bo'ldimi yoki aksincha, pastga sho'ng'ishmi?

- Menimcha, ajoyib mavsumni o'tkazdik, o'sishga erishdik. Afsuski, yakuniy pallalarda omad etishmadi, aks holda, yanada yaxshiroq natija qayd etishimiz aniq edi.

- Maurisio Pochettino futbolchilar bilan muloqotga kirishish chog'ida nimalarga etibor qaratadi? Qiziqqonmi yoki og'ir-bosiq?

- Juda vazmin. Albatta, kim haqida nima o'ylayotganini ochiq-oydin aytishi mumkin. Ammo futbolchilar bilan gaplashayotganda og'ir-bosiqlikka urg'u qaratadi. Ayniqsa, kiyinish xonasida. Uning ko'rsatmalari evaziga eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatish imkoniga ega bo'lamiz.

- Evrodagi ishtirok sizga qanday tasir o'tkazdi?

- Mazkur musobaqa - haqiqiy tajriba maydoni. Franciya stadionlarida, minglab ishqibozlar ko'z o'ngida o'ynashdan zavqlandim. Afsuski, hammasi termamiz uchun ijobiy yakunlanmadi. Bazan futbolda salbiy natijalar sababini tushuntirish qiyin kechadi. Hammasi tezda ro'y berdi, bunga ko'nikish qiyin bo'ldi, ammo baribir, biz tajriba to'pladik. Bu - futbol, unda qirol nomini saqlab qolish oson emas, turli o'sish va qoqilishlarga hamisha tayyor turish lozim. Orttirgan tajribamizni keyinchalik ishga solsak, albatta, foyda keltiradi. Evroda o'zimiz o'ylagandek to'p surolmadik, ammo bundan yakuniy xulosa yasamaslik darkor.

- So'nggi paytlarda hujumning eng oldingi chizig'ida o'ynadingiz. Sizga ko'proq o'nlik poziciyasida to'p surish yoqadimi yoki markaziy forvard rolidami?


- Raqibdan kelib chiqib o'ynayman. Soldado borligida ham oldingi chiziqda muntazam o'ynaganim ko'pchilikning yodidan ko'tariladi.

- Dele Alli haqida nima deya olasiz? U maydon tashqarisida qanday inson?


- Ajoyib yigit, uni xuddi ukamdek ko'raman. Dele maydonda tashabbusni o'z qo'liga olishdan cho'chimaydi, qoyilmaqom harakatlari bilan barchani lol qoldiradi.

- Yanssenni jamoada qanday kutib olishdi?


- Ushbu futbolchi o'zini yaxshi tomondan ko'rsata bildi. Ajoyib formada, jismonan kuchli - hujumda qo'shimcha variant sifatida aynan shu narsa etishmayotgandi. Biz birgalikda o'ynashimiz, zarur paytda joyimizni almashtirishimiz mumkin. Yanssen Tottenxem o'yin uslubiga to'liq mos keladi.

- Joriy mavsum kuchli to'rtlikka kirish oson bo'lmas?


- Hozirda MYU, Siti, CHelsi, yangi murabbiylar, yangi futbolchilar haqida ko'p gapirishmoqda. Nima de-yishsa, deyaverishsin, qarshiligimiz yo'q. Tottenxem har hafta bajaradigan ishini davom ettiraveradi. Avval aytganimdek, avvalgi mavsumdagidan yaxshiroq natijaga erishmoqchimiz. Biz hech kimdan qo'rqmaymiz - futbolchilardan ham, murabbiylardan ham. O'z kuchimizga ishonamiz. Tottenxem turnir jadvalining eng yuqori qismida bo'lishi va sovrinlar uchun kurashishi shart. Klublar nimanidir o'zgartirish zarurati tug'ilgani bois, o'yinchilar va murabbiylarni almashtirishadi. Jamoamiz ustozi Tottenxemning hozirgi holatidan qoniqmoqda, tarkibdan ko'ngli to'q. Bir-ikkita ajoyib transferga qo'l urildi, shunisi etarli. Safimiz yildan-yilga kuchaymoqda, ammo eng asosiysi - muvozanatni yo'qotmaslik.

- Butun umr shu klubda qolishga rozimisiz yoki boshqa jamoalardan keladigan takliflarga tayyorgarlik ko'ryapsizmi?


- O'zimga qolsa, Tottenxemda imkon qadar ko'proq o'ynasam deyman. Klubimiz hozir ajoyib formada, bir joyda to'xtab qolmayapmiz, asosiysi ham shu. Jamoaning kelajagi porloqligiga ishonch bor ekan, o'sishda davom etamiz. Ayni damda shporlar tarkibi ko'zlaridan o't chaqnayotgan yigitlardan tashkil topgan, kuchli murabbiy qo'l ostida shug'ullan-yapmiz, ajoyib mashg'ulot bazasiga egamiz, tez orada yangi stadion ham bitadi - ertangi istiqboldan umid bor. Faoliyatim so'ngigacha Tottenxemda qolishga qarshi emasman. Ammo vaziyat qanday tus olishi nomalum, omon bo'lsak, ko'raveramiz.

- O'z vaqtida Tottenxem sizning xizmatingizdan voz kechmoqchi bo'lgan, endi esa mashhurlikka erishdingiz. Bunga ishonish qiyin bo'lsa kerak?


- SHon-shuhratga erishish uchun ko'p mehnat qildim, tanamni chiniqtirdim. Hayot menga bergan har bir imkoniyatdan maksimum darajada foydalanishga intildim.

- O'tgan mavsum Oltin butsani qo'lga kiritdingiz. Endi raqobatchilar orasida Zlatan, Kosta, Aguero bor ekan, eng yaxshi to'purar nomini saqlab qolishga yana urinib ko'rasizmi?


- Albatta, Oltin butsa - har bir forvardning orzusi. SHunday ekan, ha, bu sovrinni qo'lga kiritish yo'lida bor kuchimni sarflayman.

- Futboldan tashqari yana nimalar bilan shug'ullanasiz?


- Golfning ashaddiy ishqiboziman, bo'sh vaqtim paydo bo'lsa, meni yashil maydonchada klyushka ko'targan holda ko'rishingiz aniq. Darvoqe, tez orada farzandli bo'laman. Bu hayotimdagi yangi bosqich, jiddiy o'zgarish ro'y berishini sabrsizlik bilan kutyapman.

S.RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика