So’nggi yangiliklar

12:21Англия Премьер-лигаси тарихидаги осиёлик энг яхши 11 нафар футболчи  0 11:45Қарши давлат университети Лига аъзоси бўлиш учун ариза берди  4 10:48Интервью. Сергей Чигодаев: "Абдуқодир балки ўзимизда қолганида ҳозирги даражага чиқмасди"  4 10:32Неймар четлатилди  2 10:00«Ал Аҳли» ТОП мураббий билан келишувга эришди  1 09:27Терма жамоамизнинг икки нафар собиқ футболчиси «Локомотив» йиғинига қўшилди  2 08:55«Арсенал» қишда 100 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёргарлик кўрмоқда  2 08:24«Насаф»га украиналик легионер келмоқда  6 08:06Футзал бўйича Осиё Кубоги саралаш босқичи. Бугун асосий рақибимизга қарши баҳс олиб борамиз  1 07:37Бугун U-20 терма жамоамиз Сурияга қарши баҳс олиб боради  1 07:00Испания Кубоги. "Реал" қўшимча бўлимларда ғалабага эришди, Эндрикдан дубл  43 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" аутсайдерни қийинчилик билан мағлуб қилди, Амад Диаллодан хет-трик!  22 01:50Альфонсо Дэвис "Бавария" таклифига кўнмаяпти  5 01:23РФИ фахрий президенти: "Ўзбекистон, Беларусда ўйнаганида бизнинг селекционерлар қаерда эди? Кўзи кўрлар"  36 01:01Абдуқодир Ҳусанов Манчестерга етиб борди  16

Gari Nevill JCHdagi ilk o'yindan oldin inglizlarning taktikasini malum qilib qo'ydi Yangiliklar

Gari Nevill JCHdagi ilk o'yindan oldin inglizlarning taktikasini malum qilib qo'ydi

CHorshanba kuni Gari Nevill fotokameralar oldida mashg'ulot uchun tayyorlangan taktikani ko'rsatib qo'ydi.
Varoqning bir tarafida har bir futbolchi uchun ko'rsatmalar yozilgan edi.
“To'p boshqaruv hududida bo'lganida, futbolchilar kamida 3 to'p oshirish bilan, to'pni MH(markaziy hujumchi)ga etkazishlari kerak “.

“To'p hujum yakunlanuvchi hududga kelganda 2 YH(yarim himoyachi) unga ulanishi kerak va hujumda 3 hujumchiga 2 himoyachi to'g'ri keladi”.



“Agar himoyalanayotga tomon to'pni olib qo'ysa, ular tezlik bilan ortga qaytishlari kerak”.

 Albatta bu yozuvlar Italiya terma jamoasiga qarshi Roy Xojson rejasi emas. SHu bilan birga aytish mumkinki, inglizlar asosan to'pga egalik qilish va maydon markaziga etibor berishadi.

“3 to'p oshirishi” deyilganda Nevill italiyaliklarning himoya chizig'ini kesib o'tishni nazarda tutmagan. Bu taktik usul Angliya primier ligasi ruxida tayyorlangan. Ammo boshqa tarafdan bu katta tavakkal. Italiyaliklar to'pni o'zida ushlashadi, inglizlar esa Manausdagi issiq havoga qaramay to'p ketidan 90 daqiqa quvishni xohlaydi.



“Yarim himoyachi hujumchiga yordam beruvchi ikki yordamchi” so'zi esa, yarim himoyachilar uchta bo'lishini anglatadi va italiyaliklarning o'yin taktikasiga o'xshab ketadi. Italiya terma jamoasi markazida uchta yarim himoyachi( Pirlo, Veratti, De Rossi) to'p suradi. Xojson hujum buzuvchi o'yinchisiz taktika tuzmasa kerak, chunki ikki yarim himoyachi hujumga o'tsa orqada himoyachilarga hech kim yordam bera olmaydi.

Keyinroq Nevill tvitteriga “Men pardalarni turnir oxirigacha berkitaman! Xaxa” – deb yozadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика