Gari Nevill o'z darajasida o'ynamayotgan MYUning 6 futbolchisi nomini aytdi
24 apr 2019 13:04
Yangiliklar


Gari Nevill o'z darajasida o'ynamayotgan MYUning 6 futbolchisi nomini aytdi
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi, ayni damda televideniyada ekspert sifatida ishlayotgan Gari Nevillning fikricha, ayni damda klubning 6 futbolchisi o'z darajasida futbol o'ynamayapti.
Nevillning so'zlariga ko'ra, David de Xea, Pol Pogba, Markus Rashford, Aleksis Sanches, Romelu Lukaku va Antoni Marsyal o'yinini kuchaytirishi kerak.
"Bu futbolchilar o'z poziciyalarida eng yaxshi bo'lishi mumkin, ammo ular ayni damda o'z imkoniyati darajasida to'p tepishmayapti.
Aleksis - unga nima bo'lganini bilmayman. Rashford so'nggi haftada nimaga qodirligini ko'rsata olmayapti. Unda jarohat borga o'xshaydi. Lukaku katta o'yinlarda umuman o'zini ko'rsatmay qo'ygan. Pogba Joze Mourinyu qo'lida o'ynagan Pogbaga aylanib boryapti. Marsyal endi jarohatini davoladi, biroq uning kayfiyati yo'qqa o'xshayapti. De Xea esa avvalgidek emas" - deydi Nevill.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar