Gari Nevill: "Manchester Yunayted" shunchalik yomon ediki, xatto kulib yubordim"
09 dek 2014 15:41
Yangiliklar


Gari Nevill: "Manchester Yunayted" shunchalik yomon ediki, xatto kulib yubordim"
Angliya terma jamoasi murabbiylar shtabiga kiruvchi Gari Nevill Premer-liga 15-tur doirasiga kiruvchi "Manchester Yunayted" va "Sautgempton" o'rtasidagi uchrashuvga o'z fikrini bildirdi.
"O'ylashimcha, hech qachon van Galning jamoasi bunchalik yomon paslarni amalga oshirmagan. Bu shunchalik g'alati ko'rindiki, xatto kulgiga sabab bo'ldi. Men xafa bo'lganimdan kuldim. SHunchaki buni miyyaga sig'dirib bo'lmasdi, "Yunayted" ortga pas berayotganda necha marta to'pni yo'qotdi.
Himoya haqida unuting. Yang va Valensiya o'z joylarida o'ynashmayapti. Himoya yosh va boshqa poziciyada o'ynovchi futbolchilardan tashkil topgan. Nega bunchalik yomon o'ynashayotganini tushunish mumkin. O'yinchilar o'zlariga ishonmay harakat qilishdi, bundan van Galning o'zi ham xayron bo'lgani aniq. Jamoa uchinchi o'ringa chiqqanidan xursand bo'lsa kerak, ammo o'z o'yini bilan meni afsuslantirdi" - deydi Nevill.

Fikrlar