Gari Nevill: "CHelsi" - zerikarli jamoa? Bu noto'g'ri"
30 apr 2015 14:16
Yangiliklar


Gari Nevill: "CHelsi" - zerikarli jamoa? Bu noto'g'ri"
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Gari Nevill "CHelsi" zerikarli jamoa emasligini takidladi.
"CHelsi" zerikarli jamoa? Bu noto'g'ri. 1996 yilda odamlar Kevin Kiganning "Nyukasli"ni kulgili deb atashgani esimda, ammo ular kulgili omadsizlar edi va ularni hozir hech kim eslamaydi. Gap shundaki odamlar faqat chempionlarni eslab qoladi. "CHelsi" mavsumning birinchi qismida juda chiroyli va muxlisbop o'yin ko'rsatgan edi.
Ular so'nggi oylar mobaynida o'z o'yinlaridan biroz chetga chiqishdi, ammo natija juda yaxshi va bu eng asosiysi. Hech bir jamoa butun mavsum davomida bir xil o'ynay olmaydi" - deydi Gari Nevill.

Fikrlar