So’nggi yangiliklar

14:26Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлик ўйинлари олдидан йиғин ташкил этади  0 13:58"Реал" Ҳоланд учун ҳаракатни бошлади  1 13:31Марсело Бьелса: "Ўзбекистон жисмонан кучли ва ҳаракатчан жамоа ва шу жиҳатлари билан Доминикан Республикасидан фарқ қилади"  3 13:05"Қишки тозалаш": "Арсенал" 3 нафар футболчиси билан хайрлашади  0 12:36Ўзбекистон - Уругвай. Тахминий таркибимиз  17 12:30"Бунёдкор"нинг италиялик таҳлилчиси: "Каннаваро – ривожланиш учун улкан имконият"  2 12:11"Арсенал" собиқ футболчиси "Лутон Таун"ни бошқаради  0 11:43"Ал Аҳли" Педро трансфери борасида музокараларни бошлади  0 11:17Netflix Чемпионлар Лигаси ҳуқуқларини сотиб олмоқчи  0 10:40Златан Ибрагимович: "Айримлар бир-икки мавсум ярқ этиб кўринади-ю, сўнг йўқолиб кетади, Модрич эса 20 йилдан буён юқори даражада ўйнамоқда"  8 10:10Манба: "Барселона" Маркус Рэшфордни "Манчестер Юнайтед"дан тўлиқ сотиб олади  1 09:40Хави: "Барселона"га керак бўлган янги футболчи — Холанд  6 09:10Гана терма жамоаси Жаҳон чемпионатига йўл олди  4 08:40Уругвай билан охирги тўқнашувда таркибимизда кимлар ўйнаган?  5 08:20Юрген Клопп Германия терма жамоаси ва мураббийининг ишига баҳо берди  0

Gari Nevill: "Bugun top-futbolchilar MYUga o'tishni istamayapti" Yangiliklar

Gari Nevill: "Bugun top-futbolchilar MYUga o'tishni istamayapti"

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Gari Nevill "Liverpul"ga qarshi o'yindan keyin (0:3) "qizil iblislar"ning holati haqida gapirdi.

"Man Yunayted" uchun eng katta muammo hozir top-futbolchilar bu erga kelishi uchun motivaciya topa olmayapti. Oxirgi 10 yilda klub "futbolchilar qabristoni"ga aylandi. Nisbatan yomon bo'lmagan obro' bilan kelib, muvaffaqiyatga erisha olmagan qancha futbolchini ko'rdik. Bu holat mahalliy futbolchilar bilan ham, legionerlar bilan ham yuz beryapti.

Men "Valensiya"dan qaytganimda, taxminan, 2016 yil apreli edi, uchrashuvlardan biriga tashrif buyurdim. U Lui van Galning oxirgi o'yinlaridan biri edi. Seshanba oqshomi, raqib esa "Kristal Pelas" va stadionning yarmi bo'sh edi. "Bu ogohlik qo'ng'irog'i", degan fikr o'tdi o'shanda.

Bugun, o'yin tugashiga 5 daqiqa qolganida 74 minglik stadionda 25 ming muxlis qolishi ten Xag uchun jiddiy muammo. Bunday davom etishi mumkin emas. O'ylashimcha, Erikda barchasini o'zgartirish uchun yana bir necha oy vaqt bor.

Biroq noyabr oyining oxirigacha MYU sakkizinchi pog'onadan yuqorida bo'lishi kerak, dekabrda esa TOP-4 yoki beshlikka kirishi shart. Agar ten Xag rojdestvogacha jamoani mana shu o'rinlargacha olib chiqa olmasa, muammolar girdobida qoladi".

Avvalroq, MYUning sobiq yarim himoyachisi klub ishqibozlariga umuman yoqmaydigan intervyu bergandi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика