Gari Nevill APLning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi kim ekanligini aytdi
06 apr 2019 15:33
Yangiliklar


Gari Nevill APLning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi kim ekanligini aytdi
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Gari Nevill "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyni Premer-liganing joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb atadi.
"Van Deyk ajoyib o'yin ko'rsatdi. U tufayli jamoada o'zini xavfsiz his qiladi. Van Deyk to'rt himoyachining ishini bajaradi. Serxio Ramos va Rafael Varan so'nggi yillardagi eng yaxshi himoyachilar edi, van Deyk esa ularning safiga qo'shildi. Gollandiyalik jamoaning etakchisi bo'lishi mumkin, uning himoyadagi ishi taqsinga sazovor. U himoyachidek pas beradi. Van Deyk yuz foiz yil futbolchisi. Kimdir unga yaqin keldi deya olmayman" - deydi Nevill.
Van Deyk joriy mavsum APLning 33ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
22:27
APL. "Chelsi" o'z uyida o'tgan turda chempionlikni rasmiylashtirgan "Liverpul"ni mag'lub etdi 21

Fikrlar