Garet Beyl: Ispaniya kubogini yutishni istagan edik - yutdik. Endi ECHLni yutishni istaymiz
28 apr 2014 22:20
Yangiliklar
Garet Beyl: Ispaniya kubogini yutishni istagan edik - yutdik. Endi ECHLni yutishni istaymiz
Real jamoasidan Garet Beyl jurnalistlar savolllariga javob qaytardi.
O'zimni yaxshi xis qilmoqdaman. Bir necha kun shug'ullandim va o'yinni sabrsizlik bilan kutyapman. Umid qilamanki, ertaga maydonga tushaman.
O'yinga 100% tayyormiz. Xozirdan finalga chiqdik deb xisoblamayapman. Bizni qiyin o'yin kutib turibdi.
Biz hujum qilishni yaxshi ko'ramiz. Lekin, ertaga himoyalanish qanday bo'lishini xam bilib olishimizga to'g'ri keladi.
Alaba? Ajoyib futbolchi. U bilan oramizda haqiqiy jang bo'ladi.
Biz dunyoning eng kuchli jamoalariga qarshi o'ynab, bosh sovrinni qo'lga kiritishga tayyormiz, – deb aytib o'tdi Beyl.
Bavariya – Real o'yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Fikrlar