G'arbiy Osiyo chempionati. Falastin 3-turni o'tkazdi, Suriya esa Yaman bilan o'ynadi
06 avg 2019 22:55
Yangiliklar
G'arbiy Osiyo chempionati. Falastin 3-turni o'tkazdi, Suriya esa Yaman bilan o'ynadi
Iroqda bo'lib o'tayotgan G'arbiy Osiyo chempionatining navbatdagi kunida Falastin termasi Livanga qarshi to'qnash keldi.
Ushbu bahsda hisob ochilmadi. Endi Nuriddin Ould Ali shogirdlari musobaqaning guruh bosqichi doirasidagi so'nggi uchrashuvini 11 avgust kuni Suriyaga qarshi o'tkazishadi.
O'z navbatida suriyaliklar Yamanga qarshi o'ynab, 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etishdi. O'yinda gollarni Firas Al-Khatib hamda M.Hassan urishdi.
Ertaga «B» kvartetidan o'rin olgan 2 tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Bahrayn termasi Saudiya Arabistoniga (Tosh. vaqti bilan 21:30da bosh) qarshi to'qnash kelsa, Quvayt vakillari Iordaniya (8 avgust tungi 00:30) bilan uchrashadi.
Fikrlar