Gap 0:5da emas, gap ish jarayoni borligida
14 noy 2013 13:24
Yangiliklar

Gap 0:5da emas, gap ish jarayoni borligida
Kecha Iordaniya terma jamoasi JCH-2014 salarash o'yinlarining pley-off bosqichi doirasida Urugvayga qarshi maydonga tushdi.
Iordaniyada bo'lib o'tgan bahsda maydon egalari 0:5 hisobida yutqazib qo'yishdi. Avvalo uchrashuvni to'g'ridan to'g'ri efirga uzatgani uchun “Sport” telekanali ijodkorlariga minnatdorchilik bildirib qolamiz.
O'yinni ko'pchilik ko'rgan bo'lsa kerak, baribir Urugvaydek jahon darajasidagi terma jamoada mahorat va tajriba ancha yuqori ekanligi yaqqol ko'zga tashlandi. O'yindan keyin mezbonlar ustozi Hossam Hassan aytganidek, Iordaniya bunday jamoadan ko'p narsani o'rgansa arziydi. Nafaqat, Iordaniya, balki Osiyoning barcha jamoalari uchun Urugvay namoyish etayotgan futbol qo'llanma (dastur) vazifasini o'ta bera oladi.
Uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida Hossam Hassan “Men Urugvay tugul, hatto Braziliyadan ham qo'rqmayman” degandi. Albatta, bu bilan murabbiy shogirdlarini ruhlantirmoqchi bo'lgan, xolos. Aslida Urugvayning o'ta jidliy raqib ekanligini u ham bilgan. Murabbiyning gaplariga monand futbolchilar qo'ldan kelgancha harakat qilishdi. Darvozaga zarba berish borasida Iordaniyaning ham ko'rsatkichlari joyida bo'ldi, lekin Urugvay termasi safida yarimta imkoniyatdan ham foydalanadigan o'yinchilarning ko'pligi baribir o'z so'zini aytdi.
Murabbiy to'g'ri gapirdi, Iordaniyaning aksariyat o'yinchilari bunday jiddiy raqibga qarshi birinchi bor to'p surishdi. Aslini olganda, Urugvay termasida o'sha Kavani, Suares, Lugano, Perreyra, Forlan kabi futbolchilar har hafta hech bo'lmasa bitta kuchli o'yin o'tkazishadi. Ular terma jamoaga kelganda ham doim kuchlilar bilan to'p surishadi.
Endi “Agar Iordaniya o'rnida biz bo'lganimizda 0:5 hisobida mag'lub bo'larmidik?” kabi savollarni berishdan foyda yo'q. Gap shundaki, Iordaniya bizdan o'tdi va Urugvay bilan ikkita o'yin o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ldi. Gap bu erda ularning 0:5 hisobida engilganida emas, balki Iordaniya terma jamoasida ish jarayonining davom etayotganligida. To'g'ri, futbolda natija muhim, ammo rivojlanish uchun tayinli ish jarayoniga ega bo'lish va o'sha jarayon asosida ish olib borish bundan ham muhim.
Iordaniya birinchi o'yindan keyinoq jahon chempionati yo'llanmasidan mahrum bo'lgandir, lekin buning uchun ularni ayblamaslik kerak. Axir ularning rivojlanish uchun harakat qilayotgani ko'rinib turibdi. Misrlik murabbiy Hossam Hassan ham terma jamoani yuqori pog'onalarga ko'tarish uchun astoydil mehnat qilmoqda. Futbolda eng muhimi esa aynan shular hisoblanadi.
Afsuski, bizda muayyan ish jarayoni borligi ko'zga tashlanmayapti. Yo'qsa, avgust va oktyabr oyilarida albatta xalqaro darajadagi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilgan bo'lardi. Har qanday terma jamoa uchun birinchi galdagi ish jarayoni o'rtoqlik o'yinlari va yig'inlar tashkil etib berish hisoblanadi. Biz kelasi jahon chempionatlariga chiqamizmi-yo'qmi, nima bo'lishidan qatiy nazar, rejali ish dasturiga ega bo'lmas ekanmiz, muxlislarning tinmay tanqid qilishi davom etaveradi.
Haqiqiy yozuvchi o'z asarini Nobel mukofoti olish uchun yozmaydi, balki kitobxon qalbidan joy olish, xalqqa manaviy ezgulik tarqatish uchun qalam tebratadi. CHunki yozuvchining minglab kitobxonlar qalbidan joy olishi uchun Nobel bilan taqdirlanishi shart emas. Futbolda ham xuddi shunday bo'lishi kerak. Milliy terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqa olmagan taqdirda ham, o'zining rivojlanish dasturiga va to'xtab qolmaydigan ish jarayoniga ega bo'lsin, muxlislarga shuning o'ziyoq ozuqa vazifasini o'tayveradi.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar