So’nggi yangiliklar

19:42Франция футбол Федерация ПСЖнинг "Мбаппе иши" бўйича апелляциясини рад этди  0 19:31Суперлига. "Нефтчи" – "Насаф" 2:0. Highlights  1 19:20Суперлига. "Қизилқум" — "Навбаҳор" 1:2 (матнли трансляция)  4 19:17Анвар Бердиев: "Мақсадимиз — Суперлигага чиқиш"  0 18:59Фарҳод Нишонов: "Ҳакам қарорини муҳокама қилишни истамайман, аммо..."  0 18:34Моуринью яна Роналду билан бирга ишлаши мумкин  0 18:08ПРО-Лига. Расман — "Шўртан" плей-оффнинг иккинчи иштирокчиси!   2 18:05Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлди  40 17:43Суперлига. "Қизилқум" - "Навбаҳор": Асосий таркиблар маълум  2 17:09ПРО-Лига. 5 та гол урилган ўйинда "Бухоро" "Арал"дан устун келди  2 16:49ПСЖ янги машғулот марказини очди  0 15:32Жорж Микаутадзе фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 15:01"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи  2 14:40Тимур Кападзе: "Ўйин томонлама "Насаф"ни эътироф этаман, мавсум ўртача ўтмоқда"  16 14:27ПРО-Лига. "Бухоро" - "Арал": Асосий таркиблар маълум!  0

"Gannover" himoyachisi Anton Valdemar: "O'zbekistonda tug'ilganman" (intervyu) Yangiliklar

"Gannover" himoyachisi Anton Valdemar: "O'zbekistonda tug'ilganman" (intervyu)

Germaniya bundesligasida ishtirok etayotgan "Gannover" himoyachisi Valdemar Anton O'zbekistonda tug'ilgani haqida saytimizda xabar bergan edik.

21 yoshli Anton yoshligidan "Gannover" klubi tizimida o'ynab kelmoqda. U 2015/16 yilgi mavsum oxiridan jamoa asosiy tarkibi kirishni boshladi. U jamoa bilan birga Bundesligaga qaytdi va ayni paytda musobaqa jadvali o'rtasida bormoqda. Anton – tayanch yarim himoyachisi, ammo so'nggi paytlarda jarohat olgan Felipening o'rnida markaziy himoyada o'ynamoqda.

– 2017 yil hozirga qadar bo'lgan faoliyatingizda eng yaxshi yilmi?


– Albatta! Biz "Gannover" bilan Bundesligaga qaytdik, keyin Germaniya yoshlar terma jamoasi safida o'smirlar o'rtasidagi Evropa chempionatida g'olib bo'ldim. Hissiyotlar ajoyib, albatta.

– Transfermarkt nashri xabariga ko'ra, yarim yil ichida 4 milliondan 6,5 million evrogacha ko'tarildi. Siz klubda eng qimmat uchinchi futbolchi hisoblanasiz.


– Barcha do'stlarim menga buni ko'rsatishdi. Ammo o'zim bu saytga kirmayman va bu borada bosh qotirmayman.

– Bundesligada qaysi hujumchiga qarshi o'ynash og'ir bo'ldi?


– Levandovski, albatta. U juda aqlli futbolchi. Qaysi tomonga ochilishini bilib bo'lmaydi.


– Bundesligada o'z poziciyangizdagi qaysi futbolchiga tenglashishni xohlaysiz?


– Ko'proq Xummelsni kuzatman. Ammo menda kumir yo'q.

– Hozir "Bavariya" qolgan klublardan ancha kuchli, chempionatda intriga yo'q. Bundesliga inqirozdami?


– Birinchi o'rinda, bizning ligada yutib bo'lmaydigan jamoa yo'q deb o'ylayman. "Bavariya" jahon darajasidagi yulduzlarga ega. Ammo omad kelsa ularni ham mag'lub etsa bo'ladi. "Gannover" ham bunga qodir deb o'ylayman.

– Niklas Kifer – bu insonni taniysizmi?


– Ha, eshitganman. Tennischi, Gannoverda yashaydi. Bir necha yil oldin u jahonning eng kuchli tennischisi edi, u bizning klub muxlisi. O'yinlarga kelib turadi.

– U sizni klubdagi eng yaxshi deb atadi va Mertezakerning yoshligiga qiyosladi.


– Ha do'stlarim buni ham ko'rsatishgandi. Juda xursandman, ammo hali ancha yoshman.


– Yana u professional futbolchilar tennischilarga qaraganda kamproq mashg'ulot o'tkazishlarini aytgandi.


– (kuladi) Bunisini bilmadim. Hamma o'zi uchun qanach mashg'ulot o'tkazishini hal qilishi lozim. Tennis umuman boshqa sport turi.

– Sizning kelib chiqishingizni haqiqiy detektivga qiyoslash mumkin – nemis vikipediyasida sizni Germaniyada, Engenda tug'ilgan deb yozishgan. Rus vikipediyasida – O'zbekistonda, Olmaliqda tug'ilganingiz qayd etilgan.


– Nima uchun bundayligini bilmayman. Men O'zbekistonda tug'ilganman. Men 2 yoshligimda oilam Germaniyaga ko'chib ketgan.

– Nima uchun?


– O'sha yillar O'zbekistondagi vaziyat boshqacharoq edi. O'shanda bobom Germaniyaga borib kelib barchamizni o'sha erga ketishga ko'ndirgandi.

– Valdemar Anton ikkita ismga o'xshab ketadi...


– Bazi do'stlarim meni Valdi deb chaqirishadi, boshqalar Vova deyishadi (Valdemar Bild nashriga bergan intervyusi chog'ida ota-onasi unga Vladimir deb ism qo'yishganini, ammo nemislar hujjatga o'zlariga yaqin bo'lgan Valdemar ismini yozishgan). Umuman olganda mening ikkita familiyam bor: Anton (onamning familiyasi) va Ripcov (otamning familiyasi). Germaniyada faqat onamning familiyasini yozishgan – menimcha ancha osonligi uchun bo'lsa kerak.


– Oilada rus tilida gaplashasizlarmi?


– Ha, faqat rus tilida gaplashamiz. Oilada bo'lganimda faqat ruscha o'ylayman. Jamoada bo'lganimda esa to'liq nemischaga o'taman.

– Rossiyada qarindoshlaringiz bormi?

– Ha, biz Germaniyaga ko'chib ketganimizdan so'ng buvam va bobom Rossiyaga ko'chib ketishgandi. Ekaterinburgda onamning qarindoshlari yashashadi, Novouralskda – otamning. Ularga Ekaterinburgdan uy olib berishni orzu qilaman, shunda birga ko'rishib turishardi. Bundan tashqari ularni ko'rib ketish ham qulay bo'lardi. Bir necha bor Uralda bo'lganman.

– Ekaterinburgda uy 50 ming evro turadi. Bu Bundesliga futbolchisi uchun og'irmi?


– SHunday deymiz – bu men o'z oldimga qo'ygan maqsadlardan biri.

– Gannoverda rus do'stlaringiz ko'pmi?


– Ruscha gapiradigan tanishlarim ko'p. Bu erda millatlarning farqi yo'q – ukrainlar, qozoqlar, ruslar. Barcha bir xil gapiradi.

– Bundesligada o'ynaydigan rus tilida gaplashadigan futbolchilar bilan suhbatlashib turasizmi?

– Prib bilan gaplashib turaman. Raush? U "Gannover"da o'ynaganida men juda yosh edim. SHaxsan tanish emasmiz.


– Raush sizni Rossiya terma jamoasiga olishni maslahat bergandi. Rossiya terma jamoasi safida Jahon chempionatida o'ynarmidingiz?


– Ha? Ajoyib! Ammo hozirga qadar hech kim bu borada menga murojaat qilmadi. Bundan tashqari Rossiya pasporti yo'q.

– Qiziq. Transfermarkt saytida sizda rus va nemis fuqaroligi borligi yozilgan.


– Ha, shunday vaziyat Edgar Pribda ham bo'lgan. U yakunda Rossiya pasportini oldimi yoki yo'qmi bilmayman. Men Rossiya fuqaroligini olishni istardim, ammo hech kim murojaat qilmadi.

– Agar Rossiyani tanlasangiz, Germaniya terma jamoasi bilan xayrlashishga to'g'ri keladi.


– Hozir aytganimdek Rossiyadan hech kim qo'ng'iroq qilgani yo'q. Taklif bo'lmaguniga qadar bu haqda bosh qotirmayman. Rossiyada qarindoshlarim yo'q. Harqanday holada agar taklif bo'lsa o'ylab ko'raman. Ammo hali vaqtli. Taklif bo'lsa yuragimga quloq solaman va to'g'ri qaror qabul qilaman.


– Rossiyadagi etakchi futbolchilar yiliga 1,5-2 mln evro maosh olishadi. Agar ertaga "Zenit" sizga shartnoma taklif qilsa rozi bo'lasizmi?

– Pullarga umuman qaramayman. Menga sharoitlar, jamoaning maqsadi, klubdagilarning muomalasi muhim. Pullar bu ro'yxatda eng oxirgi o'rinda.

– Rossiya Germaniyaga qarshi o'ynasa kimga muxlislik qilasiz?

– Qiyin savol – javob berishim qiyin. Agar Rossiya masalan Ispaniyaga qarshi o'ynasa, aniq Rossiyaga muxlislik qilardim.

– Agar JCH-2018ga futbolchi sifatida kelish nasib qilmasa tomoshabin bo'lib kelish rejada bormi?

– Albatta. Yana bir bor Ekaterinburgga borib kelaman.


Eurosport.ru saytidan Narzulla Saydullaev tarjima qildi

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика