

Peterburgliklar futbolchi bilan aloqa o'rnatgan va uni yozda sotib olishni rejalashtirgandi. Biroq, 24 yoshli Valdemar ushbu taklifga rad javob qildi.
Anton Olmaliqda tug'ilgan va hozirda Germaniya fuqarosi hisoblanadi. U 2020 yil “Gannover”dan “Shtutgart”ga o'tgan edi. Himoyachi joriy mavsum Bundesligada 21 uchrashuvda qatnashib bitta assistga erishdi va 2 ta sariq kartochka oldi.
Avvalroq, Anton Valdemar O'zbekistonga tashrif buyurishni xohlayotgani haqida aytgandi.



