Gana terma jamoasi Afrika Kubogi final bosqichiga chiqdi
26 mar 2021 07:51
Yangiliklar


Gana terma jamoasi Afrika Kubogi final bosqichiga chiqdi
Kecha Gana milliy terma jamoasi Yoxannesburg shahrida JAR milliy terma jamoasi bilan Afrika kubogi saralashi doirasida o'yin o'tkazdi.
Uchrashuvning 49-daqiqasida Muhammad Kudus Ganani hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan ikki daqiqa o'tgach mezbonlar hisobni tenglashtirishdi - 1:1. Uchrashuv oxirigacha mana shu hisob saqlanib qoldi va Gana safardagi durang evaziga Afrika kubogi final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
5-turdan so'ng Gana va JAR hisobida 10tadan ochko bo'ldi. Uchinchi o'rindagi Sudan hisobida 9 ochko bor. So'nggi turda Sudan va JAR o'zaro o'yin orqali ikkinchi yo'llanma egasini aniqlashadi.
JAR - Gana 1:1
Gollar: Tau 51 - Kudus 49
O’xshash yangiliklar

Fikrlar