Gamshik agenti: "Rossiyaga qarshi uchrashuvdan so'ng ko'pchilik qo'ng'iroq qildi"
19 iyu 2016 17:59
Yangiliklar
Gamshik agenti: "Rossiyaga qarshi uchrashuvdan so'ng ko'pchilik qo'ng'iroq qildi"
Slovakiya terma jamoasi yarim himoyachisi Marek Gamshikning agenti Yuray Venglos mijozining kelajagi borasidagi savolga javob berdi.
"Rossiyaga qarshi bahsdan so'ng ko'pchilik qo'ng'iroq qildi. Bu haqida gapirmayman, chunki Marekning "Napoli" bilan shartnomasi bor. Gamshik shundoq ham qimmat turadi, Evrodan keyin uning narxi tushmasligi aniq. Hammasi "Napoli" rozi bo'ladigan shartlarga bog'liq. U qolishi ham mumkin" - deydi Gamshik.
Fikrlar