Gallas faoliyatini tugatdi
16 okt 2014 11:44
Yangiliklar
Gallas faoliyatini tugatdi
"Arsenal" va Franciya terma jamoasi sobiq futbolchisi Vilyam Gallas o'z faoliyatini yakunlagani haqida elon qildi.
Futbolchining so'nggi klubi Avstraliyaning "Pert-Glori" jamoasi bo'ldi. 37 yoshli francuz 19 yillik faoliyati davomida "Kan", "Marsel", "CHelsi" va "Tottenxem" kabi jamoalarda to'p tepgan. Gallas Roman Abramovich jamoasida ikki marta Angliya chempionatini, bir martadan esa ingliz liga Kubogi va Angliya Superkubogini yutgan. Terma jamoa safida 2003 yilda Konfederaciyalar Kubogi sohibiga aylangan.
Fikrlar