Gallas Diego Kosta "Arsenal"ni kuchaytiradi deb hisoblaydi
18 jan 2021 17:38
Yangiliklar


Gallas Diego Kosta "Arsenal"ni kuchaytiradi deb hisoblaydi
"Arsenal" sobiq himoyachisi Vilyam Gallas ispaniyalik Diego Kostaning "to'pchilar" safiga o'tishi haqida gapirdi.
"Kosta jamoaga xarakter qo'shadi. U hali ham yutishni xohlaydi. Agar sheriklari yomon o'yin ko'rsatishsa, Diego ularga baqirishi mumkin.
O'ylaymanki, bu "Arsenal"ning foydasiga bo'ladi", - deydi francuz.
32 yoshli forvard ayni damda erkin agent maqomida. Eslatib o'tamiz, "Atletiko" o'tgan yilning dekabr oyida Kosta bilan shartnomani bekor qilgan edi.
Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar