So’nggi yangiliklar

13:15"Манчестер Сити"ни 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  0 12:46"Челси" Симонс билан музокараларда олдинга силжиди  0 12:25Баҳром Ҳайдаров: "Имкон қадар 10таликдан ўрин эгаллашга ҳаракат қиламиз"  0 11:54"Интер" асосий футболчиси "Реал" диққат марказида  0 11:26Виталий Денисов: "Файзуллаев топ-5 лигадаги клубга ўтади деб умид қилгандим"  9 10:53"Насаф" сардори легионерга айланишга яқин  14 10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  1 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  7 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  13 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  2 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  3 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  2 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4

G'alati: "Zenit" murabbiyi "Krilya Sovetov"ga futbolchi sifatida o'tdi Yangiliklar

G'alati: "Zenit" murabbiyi "Krilya Sovetov"ga futbolchi sifatida o'tdi

Joriy yil butsasini mixga ilgan hamda murabbiylikka o'tgan Anyukov mazkur faoliyatini ham tugatdi va eski ishiga qaytdi.

Rossiya chempioni "Zenit" safida ko'p yillar o'ynagan himoyachi Aleksandr Anyukov iyun oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida elon qilgandi.

SHundan so'ng Sergey Semak boshqaruvidagi murabbiylar shtabiga yordamsi sifatida ishga kirishgan va murabbiylik faoliyatini boshlagan Anyukov qarorini o'zgartirdi.

"Zenit"ni yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida murabbiy sifatida ishtirok etgan Anyukov futbolchilik faoliyatini qayta tiklashga ahd qildi.

Bunga "Krilya Sovetov" jamoasidan bo'lgan qiziqish sabab bo'lgan. "Zenit"da yordamchi murabbiy sifatida ish boshlagan Anyukov yana mixga ilgan butsalari olib Samaraga yo'l olgan va murabbiylik ishini tugatishni maqul ko'rgan.

Qayd etish kerakki, futbolchi aynan Samarada tug'ilgan va futboldagi ilk qadamlarini "Krilya Sovetov"da qo'ygan.

Anyukov allaqachon Samaraga etib borgan va yangi jamoasi bilan Rossiya chempionatining dastlabki turi doirasidagi CSKAga qarshi o'yinga taraddud ko'rmoqda.

"Zenit" klubi esa Anyukovga yangi mavsumda futbolchilik faoliyatida omad tilashini maqul qilgan.

Aleksandr Anyukov "Krilya Sovetov"da 22-raqam ostida to'p tepadi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика