G'alati... Vasilev nima uchun "Monako"dan istefoga chiqarildi?
15 fev 2019 20:42
Yangiliklar


G'alati... Vasilev nima uchun "Monako"dan istefoga chiqarildi?
Kecha "Monako" matbuot xizmati Vadim Vasilev klub vice-prezidentligidan ketganligi borasida malumot berdi.
Ushbu bayonotda istefoga klubning yoqimsiz natijalari sabab qilib keltirilgandi. Ammo klubning ichki manbalari bergan xabarga ko'ra, Vasilev o'z davrida ko'plab futbolchilarni sotib yuborganligi akciyadorlarga yoqmagan. Yani, katta millionlar evaziga boshqa klublarga sotilgan futbolchilar tufayli "Monako"ning hozirgi holati tang bo'lib qolgan.
"Monako" Vasilev davrida Toma Lemar (70 mln evro), Kilian Mbappe (180 mln evro), Fabino (50 mln evro), Benjamen Mendi (57,5 mln evro), Temyue Bakayoko (40 mln evro), Bernardu Silva (50 mln evro) kabi futbolchilarni katta narhga "pullagandi".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar