Gabriel Martinelli: Arsenal bilan ECHLda g'olib chiqib, klub afsonasiga aylanmoqchiman”
23 mar 2020 23:48
Yangiliklar


Gabriel Martinelli: Arsenal bilan ECHLda g'olib chiqib, klub afsonasiga aylanmoqchiman”
“Arsenal” yarim himoyachisi Gabriel Martinelli “kanonirlar” safidagi maqsad va rejalari haqida gapirdi.
“Men CHempionlar ligasi va boshqa bir qator xalqaro turnirlarda g'olib chiqib, “Arsenal” muxlislarini quvontirish niyatiadman.
Ular aynan shunday sovrinlarga loyiq muxlislar. Nafaqat muxlislar, klubning har bir personali.... “Arsenal” menga taqdim etgan imkon uchun qo'limdan kelganicha bildirilgan ishonchni oqlashga intilaman. Maqsadim klub afsonalari qatoridan joy olish”, deydi Martinelli.
Joriy mavsumda 18 yoshli braziliyalik futbolchi jamoasi safida Premer ligada 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar