Gabriel Jezus umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi
16 fev 2018 22:46
Yangiliklar
Gabriel Jezus umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi
Bu haqda “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola malum qildi.
Jezus APL 21-turida (31 dekabr) “Kristal Pelas”ga (0:0) qarshi bahsda chap tizzasidan jarohat olgandi. SHundan buyon u olti haftadan ko'proq vaqtini jarohatini tiklash bilan o'tkazdi.
“Yaxshi yangilik: Jezus bugun umumiy mashg'ulotlarda ishtirok etdi. U qachon maydonga tushishini bilmayman, ammo ikki haftalik individual mashg'ulotlardan keyin u nihoyat safga qaytganidan xursandman”, deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Siti” rasmiy sayti.
Ispaniyalik mutaxassisning aytishicha, Jezus navbatdagi uchrashuv – Angliya kubogi 1/8 finalida “Uigan”ga (19 fevral) qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. Ammo keyingi o'yinlarda boshlab u maydonga tushishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar