Gabriel Jezus umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi

“Manchester Siti” hujumchisi Gabriel Jezus bugungi mashg'ulotni umumiy guruhda o'tkazdi.

Bu haqda “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola ma'lum qildi.

Jezus APL 21-turida (31 dekabr) “Kristal Pelas”ga (0:0) qarshi bahsda chap tizzasidan jarohat olgandi. Shundan buyon u olti haftadan ko'proq vaqtini jarohatini tiklash bilan o'tkazdi.

“Yaxshi yangilik: Jezus bugun umumiy mashg'ulotlarda ishtirok etdi. U qachon maydonga tushishini bilmayman, ammo ikki haftalik individual mashg'ulotlardan keyin u nihoyat safga qaytganidan xursandman”, deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Siti” rasmiy sayti.

Ispaniyalik mutaxassisning aytishicha, Jezus navbatdagi uchrashuv – Angliya kubogi 1/8 finalida “Uigan”ga (19 fevral) qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. Ammo keyingi o'yinlarda boshlab u maydonga tushishi mumkin.


Manba: "Манчестер Сити" расмий сайти