Gabor Kirali - EVRO-2016ga boradigan eng qari futbolchi
01 iyu 2016 18:27
Yangiliklar
Gabor Kirali - EVRO-2016ga boradigan eng qari futbolchi
Musobaqada qatnashuvchi barcha jamoalar yakuniy ro'yxatlarini elon qilishdi. Ro'yxatdan o'rin olgan eng yosh futbolchi angliyalik Markus Reshford ekani haqida xabar berdik.
Franciyaga boradigan futbolchilar orasida eng qarisi bu vengriyalik darvozabon Gabor Kirali hisoblanadi. 1976 yil 1 aprel kuni tug'ilgan posbon 40 yoshida qita chempionatida ishtirok etadi.
Kirali bilan bir yilda tug'ilgan SHey Given ham Franciyaga boradi. Given vengriyalik darvozabondan 19 kunlik kichik.
Malumot uchun, Evropa chempionatlarida maydonga tushish bo'yicha rekordchi Lotar Matteus hisoblanadi. Germaniyalik futbolchi 39 yosh 91 kunligida qita chempionatida maydonga tushgan. Demak, Given va Kirali Evropa chempionatlarida maydonga tushgan eng qari futbolchiga aylanishlari mumkin.
Fikrlar